3. Nizoli holatlar
O‘z vaqtida Banopart Napoleon shunday yozgan ekan: “qilich bilan har
narsa qilish mumkin, faqat uning ustiga o‘tirib bo‘lmaydi”. Bu fikrida u
ko‘pincha insonlar o‘rtasida bo‘lib turadigan nizolarni, ziddiyatlarni nazarda
tutgan ekan. CHunki totalitar yoki diktatorlik boshqaruvi sharoitida
ziddiyatlarning bo‘lishi tabiiy bo‘lib, uning yagona echimi - uzil-kesil uni hal
qilish choralarini izlash bo‘lgan. Lekin demokratik munosabatlar sharoitidagi
rahbar hamda uning qo‘l ostidagilar o‘rtasida yoki xodimlar o‘rtasida kelib
chiqadigan nizolar yoki ziddiyatlarning tabiati va mohiyati biroz boshqacha
bo‘ladi.
Avvalo shuni e’tirof etish lozimki, insoniy munosabatlarning har qanday
tizimida ham fikrlarning rang-barang bo‘lishi va ular o‘rtasida farq bo‘lishi
muqarrar xoldir. Lekin ana shunday fikrlardagi farqni salbiy holat deb hisoblab
bo‘lmaydi.
Nima sababdan mehnat jamoalarida turli xil nizolar kelib chiqadi? Buning
62
bir necha sabablari bor:
alohida shaxs va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi;
ayrim alohida jamoa a’zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy, gruppaviy
normalarga zid kelishi (tartibsizlik, intizomning buzilishi, mahsulotdagi brak,
ishning samarasizligi va b.q.);
jamoa a’zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar;
ishni tashkil etish va mehnatga munosabatdagi farqlar;
ishchi-xodimlar o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va h-zo.
MUNOSABATLARDAGI TAFOVUT-
KONFRONTATSIYA
Konstruktiv
destruktiv
Taraqqiyot, yangilik
tanglik-stress
ZIDDIYAT, NIZO
Demak, yuqoridagi holatlar ko‘p hollarda quyidagi turdagi
nizoli
vaziyatlarni
keltirib chiqaradi:
ta’sirning yo‘nalishiga ko‘ra: vertikal va gorizontal;
nizoni hal qilish usuliga ko‘ra: antogonistik va kelishuvga olib keladigan
nizolar - kompromiss;
namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra: ochiq, yashirish, potensial, asosli;
ishtirokchilar soniga ko‘ra: shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo;
kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: milliy, etnik, millatlararo, ishlab chiqarish,
hissiy-emotsional.
Agar yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo‘lsak, “gorizontal nizolar” hayotda
eng ko‘p uchraydi. Bunday nomurosozliklar aksariyat hollarda xodimlar
o‘rtasida ayrim a’zolarning ishni yaxshilash, yangi ish metodlarini joriy etish,
axloq normalarini himoya qilish, adolat uchun kurash, ilg‘or jamoa a’zolarining
shu erdagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi fikrlarini ayrimlar
tomonidan e’tirozlar bilan qabul qilishi natijasida ro‘y beradi.
“Vertikal nizolar” esa ko‘pincha rahbar bilan xodim o‘rtasida sodir bo‘lib,
u bir qarashda liderlikka da’vogarlik, yuqoridan tazyiq, pastdan turib boshqa
xodimlar yoki kuchlar atrofida birlashish, saralanishlar oqibatida kelib chiqadi.
Bunda nizoning tashabbuskori va bosh aybdori kimligiga bog‘liq tarzda uni xal
qilish
usuli
tanlanadi.
Masalan,
agar
boshliq
xodimning
ishga
mas’uliyatsizligidan noroziligi tufayli paydo bo‘lgan nizo bilan uning
professionalizm borasida xadeb “o‘zini ko‘rsatayotganligidan” noroziligi tufayli
kelib chiqadigan nizoning ham farqi bor.
63
Har qanday nizoning asl tub mohiyati shundaki, uning paydo bo‘lishi
ayrim
o‘zgarishlarga
olib keladi. Bu o‘zgarish ijobiy o‘zgarishlarni keltirib
chiqarsa, uni konstruktiv, salbiy oqibatlar yoki xodimlar qo‘nimsizligini keltirib
chiqarsa, distruktiv xarakterli deb ataymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |