4
1-MAVZU:
PSIXOLOGIYANING PREDMETI, VAZIFALARI VA
TADQIQOT METODLARI
Aniqlashtirilgan
o’quv
maqsadlari
.
Talaba
bu
mavzuni
to’la
o’zlashtirgandan so’ng:
-Psixologiyaning paydo bo’lish tarixini biladi;
- Psixologiya fanining maqsadini aytib beradi;
- Psixologiyaning tarmoqlarini sanaydi;
-Har bir tarmoq uchun ta’rif beradi;
- Psixologiya atamasi uchun klaster tuzadi.
Tayanch so’z va iboralar
:
Psixologiya, psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xususiyatlari,
xulq-atvor,
fikrlash, his qilish, umumiy psixologiya , pedagogik psixologiya
yosh
davrlari psixologiyasi
,
metod,
kuzatish, eksperiment, test, anketa,
so’rov, sosiometriya, suhbat, intervyu
.
Asosiy savollar:
1.Psixologiya fanining predmeti.
2.Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy
bosqichlari.
Sharq mutafakkirlarining falsafiy va
psixologik qarashlari
3.Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Psixologiya fanining metodlari.
1. Psixologiya fanining predmeti.
Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq qiladi. Psixologiya
ham alohida fan sifatida, voqyelikning alohida sohasi bo’lgan psixik (ruhiy)
hayotni o’rganadi. “Psixologiya” so’zining o’zi yunoncha
psyuxye
(ruh, jon)
va
logos
(so’z, ilm) degan ikki so’zdan olingan bo’lib, ma’nosi ruh haqidagi
ilm demakdir. Lekin uning bu ma’nosi hozirgi zamon psixologiyasining asl
mazmunini ochib bera olmaydi Chunki hozirgi psixologiya fani psixika,
uning
zohir bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fandir (G’oziyev E).
1
Psixologiya psixik holatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini
o’rganadigan fandir (A. V. Petrovskiy).
2
Har birimizda mavjud bo’lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol,
nutq,
tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari har
bir shaxsning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va
iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham
psixik jarayonlar jumlasiga
kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig’indisini bir so’z bilan psixika deb
yuritamiz.
Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo’lib, u hayvonlar va
insonga xosdir. Lekin hayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan
1
G’oziyev E. F. Psixologiya. –Т. : «O’qituvchi», 2007. -508 b.
2
Umumiy psixologiya. А. V. Petrovskiy tahriri ostida. –Т. : «O’qituvchi», 2002. -508 b.
5
soddaroq tuzilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham,
sifat jihatidan ham
hayvonnikidan farq qiladi.
Insondagi psixik hayot sohalari nihoyat xilma-xildir. Shunga
qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Psixologiya
fanining vazifasi ana shu bog’lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib
berishdir.
Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan hozirgi
davrda inson ongidagi sarqitlarni, birinchi navbatda,
sobiq kommunistik
g’oyalardan xalos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o’rgatish, uning
ongiga ta’sir qilishning eng samarali yo’llarini ko’rsatib berish ham
psixologiyaning vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: