Q. R. Qarshiev Samisi dotsenti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/180
Sana03.12.2022
Hajmi1,77 Mb.
#877421
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   180
Bog'liq
psixologiya

O’zini nomoyon 
qilish ehtiyoji
Obru, xurmat ehtiyojlari 
Ijtimoiy mansublik ehtiyojlari 
Xavfsizlik ehtiyojlari 
Psixofiziologik ehtiyojlari 


30 

Psixofiziologik ehtiyojlar. 
Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy,
jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi; 

xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari 

 
bu ehtiyojlar ma’lum bir 
guruhga xos bo’lib, unda insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi 
munosabatlari, o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi,
qo’llab-quvvatlashi kabilar kiradi. A. Maslou bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari 
sirasiga kiritadi; 

ijtimoiy mansublik ehtiyojlari 

 
jamiyatda kerakligi va o’z o’rni bor 
ekanligini his qilish ehtiyoji. Rasmiy va norasmiy jamoalar, do’stlik rishtalari 
bunga yaqqol misol bo’ladi; 

Obro’, hurmat qozonish, o’zini ahamiyatli his etish ehtiyojlari
– bunga 
o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga 
taalluqlidir;

o’zini namoyon etish, o’zidan iz qoldirish ehtiyojlari (yuksalish) 
– bu 
eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir. Unda ahamiyatga molik, qadrlanadigan shart-
sharoitlarda va rivolanishida insonning shaxs sifatida takomillashuvi nazarga 
olinadi. A. Maslouning ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir.
Har bir inson bir marraga kelgandan so’ng darhol ikkinchi bir marrani 
mo’ljallay boshlaydi. “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan 
takrorlanaveradi.
Hamma yuqori ehtiyoj ko’rsatgichlari qat’iy iyerarxik to’zilishlar orqali 
amalga oshadi. A. Maslouning fikricha, ehtiyojning yuqori pog’onasi,
qachonki ehtiyojning pastki pog’onasi (“fiziologik, xavfsizlik va himoya”) 
qondirilgandagina yuzaga chiqadi.
Uning nazariyasi tashkilotlar boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etdi.
Menejerlar ishchilar nima uchun ishlashni xohlashadi-yu, nega xohlashmaydi,
degan narsani asta-sekinlik bilan tushunishadi. Ularga shu narsa ma’lum 
bo’ldiki, shaxsning ehtiyoj turlariga qarab motivasiyasi keng ko’lamda 
aniqlanadi. O’z qo’l ostidagilarni to’g’ri yo’naltira olishi, ularning 
muammolarini, ehtiyojlarini amalga oshirish yo’li bilan hal qilish mumkin. A. 
A. Maslou motivasiya nazariyasining klassik namoyandalaridan biri bo’lib 
qoldi.
Muallifning fikricha, mazkur jarayonni, badiiy asar yaratish, sport 
bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishish, hatto, ota-onalik burchining yaxshi ado 
etilishi misollarida ko’rish mumkin. O’zini o’zi ro’yobga chiqarilgach, shu 
jihat bilan bog’liq bo’lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo’lib tuyuladi.
V. M. Karimova, B. T. Abdug’afforov, F. A. Akramovalarning fikricha,
motivasiyalashgan tizim birligi – bu turtkidir. To’zilish jihatidan turtkilar ikki 
xil farqlanadi: “xohish-istakli” va “haqiqiy”. Har bir inson hayoti davomida 
turli vaziyatlarga tushadi. Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo’ladi.
Ko’pgina motivlar mehnat mobaynida shakllanadi. Odatda odamlarda mehnat 
qilish istagi foyda olish yoki foyda tushishi uchun xizmat qiladi, ya’ni shu 
orqali boshqalarga yordam beradi.


31 
Motivlar anglangan yoki anglanmagan (qisman anglangan) bo’lishi 
mumkin. Birinchisida, ijtimoiy xulqning sabablari aniq, egasi uchun ravshan 
bo’lsa, ikkinchi holatda, amalga oshirilgan xulqning ichki psixologik sababi,
ya’ni uning ortida turgan ehtiyoj, faollik mexanizmlari jarayonining o’zi 
anglanmaydi. Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o’rganishda katta ahamiyatga 
ega, chunki biz ko’pincha odamlar orasida, jamoat yerlarida, mehnat 
jamoasida o’zimizning nima sababdan aynan shu mavqyeni tanlaganimizni,
aynan shunday qarorlarga kelganimizni, aynan shu odamlarni yoqtirayotgan 
yoki yoqtirmayotganimizni aniq bila olmaymiz. Bu holat ko’pincha ijtimoiy 
ustanovkalar orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka – u yoki bu guruhlarga 
nisbatan shaxsning baholari, harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir.
Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning 
ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq 
sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi.
Buning 
uchun 
ijtimoiy 
xulqning 
motivlari 
aniqlangan, 
ehtiyojlar 
muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak.
Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish