Q. R. Qarshiev Samisi dotsenti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/180
Sana03.12.2022
Hajmi1,77 Mb.
#877421
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   180
Bog'liq
psixologiya

Asosiy savollar

1.Muloqot to’g’risida tushuncha
2.Muloqotning tomonlari.
3.Muomala va muloqotning psixologik vositalari.
4.Muloqot va uni o’rganish muammolari.
 
1.Muloqot to’g’risida tushuncha 
Muloqot 
– shaxslar orasidagi nutqli yoki nutqsiz o’zaro aloqa 
jarayonidir. Muloqot ikki va undan ortiq odamlar o’rtasida birlikdagi hayot va 
faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiquvchi real aloqalar. Muloqot haqida gap ketar 
ekan, bunda uchta bir-biridan alohida o’z roli va vazifasiga ega bo’lgan va bir-
biriga bog’liq, bir-birining ahamiyati va sifat darajasini to’ldiruvchi 
tushunchalarning farq etilishi lozim deb hisoblaymiz. Bu tushunchalar,
bizningcha, muloqot, muomala va munosabat kabilardir.
Muomala
– muloqotning tarkibiy qismi bo’lib, uning sifat darajasi,
negizi va asosini tashkil etadi. Muloqot qatnashuvchilarining shaxsiy xulq-
atvorlari, bir-birlariga bo’lgan munosabatlarida (ijobiy, salbiy, betaraf va x. k. 
), ular o’rtasidagi muloqotning yoqimli yoki yoqimsiz (empatiya yoki 
antipatiya) bo’lishi odamlarning o’zaro muomalalariga bog’liq bo’ladi.
Muomala muloqotning sifat darajasini belgilar ekan, Hech qanday ijobiy 
muloqot muomalasiz bo’lmaydi. Shunday ekan, muomala – odamlarning bir-
birlariga ma’lumotlarni qanday usullar, yo’llar, xis-tuyg’ular, Emotsiyalar 
bilan yetkazishlari, ifodalashidir.
Munosabat
 
– muloqot ishtirokchilari o’rtasida almashilgan fikr,
axborot, voqyea, hodisa va hokazo kabilarga har bir ishtirokchining 
yondashishlari, his tuyg’ulari va har bir ma’lumot, axborot, xulosa va h. klar 
haqidagi fikrlardir.
Demak, munosabat odamlarning tabiat va tevarak-atrofdagi narsalar,
voqyealar, fikrlar, hayotiy, ijtimoiy aloqalar va x. k. larni qanday 
anglanilganligiga qarab paydo bo’ladigan subyektiv his tuyg’ulari va fikrlaridir.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda muomala o’rnatish malakalari va 
ko’nikmalarini rivojlantirish pedagog va tarbiyachilar uchun ayniqsa muhim.
Negaki, uning kasbiga ko’ra vazifasi ham tarbiyalanuvchilarni o’zi bilan 


40 
birgalikdagi faoliyatiga unumli jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsad va 
vazifalariga javob beradigan tarzda o’zaro birgalikdagi harakat va o’zaro 
hamjihatlikni yo’lga qo’ya oladigan, yangi to’laqonli pedagogik munosabatlarni 
o’rnata olgan taqdirdagina muvafaqqiyatli hal etilishi mumkin.
Muloqot birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot 
ayirboshlashni o’z ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlash munosabatining 
kommunikativ shakli sifatida ta’riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda 
ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati muloqotga 
kirishuvchilarning bir–birlarini idrok etishlarida namoyon bo’ladi. Muloqotning 
uchinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati – 
nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar, hatti–harakatlar bilan 
ham bir–birini tushunishdan iborat. Shunday qilib, yagona muloqot jarayonida 
shartli ravishda uchta tomonni – kommunikativ /axborot o’zatish/, o’zaro bir–
birini idrok qilishni va o’zaro birgalikdagi harakat, o’zaro ta’sir qilishini
ko’ramiz.
Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruratga ko’ra boshqa 
odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa 
o’rnatishi, o’zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob 
tariqasida axborot berishi lozim va hokazo. Bu o’rinda muloqot faoliyatning bir 
tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ kommunikasiya sifatida 
namoyon bo’ladi.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxs — ijtimoiy munosabatlar 
mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular 
bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va 
nufo’zli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
«yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va 
shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat 
jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik,
sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro 
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-u — quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular 
o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik,
o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir 
qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladigan 
bo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari 
reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi 
vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana 
shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha 
a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-
bola, qaynona-kelin va h. k. ) 
O’zaro 
munosabatlarga 
kirishayotgan 
tomonlar 
munosabatdan 
ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir.


41 
Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki,
o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va 
gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan 
bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi.
Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib 
qoldingiz. Siz undan hol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib,
nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot 
juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman 
salom-alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot 
faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi,
betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va 
shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam 
muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan 
charchamaydi, 
yaxshi 
suhbatdoshlar 
doimo 
ma’naviy 
jihatdan 
rag’batlantiriladilar.
XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji,
uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga 
bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib 
bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador 
ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi.
Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga 
zarur axborotlar o’zatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining 
ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar 
tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik 
asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri 
bo’ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning 
o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi 
haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda 
bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa,
fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni 
o’zatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab 
shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular 
sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning 
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil 
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday 
sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat 
mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi,
muloqotga o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi 
fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish