217
barchasida his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining Alohida
xissiy xolati xususida gapiriladi. Shu bilan birga xis-tuyg’ularning kechishi o’z
rivojlanishiga ega bo’lgan, joriy va o’zgarib turadigan psixik jarayondir. .
Xissiy kechinma keskinlashib qolgan vaziyatni boshdan kechirish, unga
bardosh berish, uni bartaraf etishdan iborat obyektiv zarurat bilan bog’likdir.
Shuning o’zi biron bir narsaning xissiy kechinma orqali o’tishi demakdir.
Shunday ekan, kechinma shaxsning ichki dunyosi qayta qurilishiga va
keraklicha muvozanatga ega bo’lishiga yordam beradigan kattagina zo’riqish
bilan kechiladigan va aksariyat xollarda o’ta samarali Alohida xissiy faoliyat
sifatida namoyon bo’ladi.
Xis-tuygu va Emotsiya deb psixologiyada individning muxit ta’sirlariga
nisbatan bildiradigan munosabatlari, ruxiy kechikmalari va ruxiy xolatlariga
aytiladi. Bu munosabatlar, ruxiy kechinma va xolatlar
individ ehtiyojlarining
kondirilishi yoki kondirilmasligi (sabab bo’ladi) bog’liq bo’ladi. Xis – tuygular
va emosional xolatlar ko’pincha qutbiy xarakterga ega bo’lib, ehtiyojlar
kondirilishi bilan ijobiy, qondirilmasligi bilan salbiy xarakterga ega bo’ladi.
Ba’zan ambivalent emosional xolatlar ham bo’lishi mumkin. Ambivalent
emosional xolat deb bir Vaqtining o’zida ham ijobiy, ham salbiy ishoraga ega
Emotsiyalarga aytiladi.
His-tuyguni boshdan kechirishning turli shakllari, xissiy xolatlar
Emotsiya deyiladi. Emotsiyalarning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
kayfiyat, affekt, kuchli xayajonlanish (stress xolati) va boshqalar. Xis-
tuyg’ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam
beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy
kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar
olimning izlanuvchanlik
faoliyatini rag’batlantiradi, bilish ehtiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda
saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo’lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish
doimo yorqin xissiy tusga ega bo’ladi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan xis-tuyg’ular uning ehtiyojlari
qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon
bo’ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo’lgan ijobiy xissiy xolatlar
(zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining
xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning
qondirilmasdan qolishi salbiy xissiy kechinmalarga (uyalish, o’kinish, xasrat
va shu kabilarga) olib keladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi ehtimoli subyektiv tomondan
qara-ganda katta
bo’lib tuyulsa, ijobiy xis-tuyg’ular paydo bo’ladi. Salbiy hissiyotlar ehtiyojlar
kondirilishining real yoki tasavvurda mumkin emasligi subyekt tomonidan oz yo
ko’p darajada anglanishi oqibatida yohud ehtiyojlarning qondirilish ehtimoli
haqida subyekt tomonidan oldin-roq qilingan mo’ljalga qaraganda yo’qola
borish natijasida paydo bo’ladi. Xissiyotlarning axborot konsepsiyasi,
shaxsning butun ko’p qirrali va boy xissiy jixatlarini tushuntirib berishdan
ko’ra tushuntirib bera olmasligi aniqroq bo’lsa ham shubhasiz, dalil-isbot-liligi
bilan ajralib turadi. Emotsiyalarning barcha turlari ham kelib chiqishiga ko’ra
218
shu sxemaga jo bo’lmaydi. Masalan, ajablanish Emotsiya-si na ijobiy va na
salbiy emosional xolatga kiritilishi mumkin emas.
Emosional xolatlarning regulyativ (bir xil tarzda tartibga solib turadigan)
funksiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo bo’ladigan
kechinmalar unga ehtiyojlarning qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani, u
qanday to’siqlarga duch kelayotgani, nimalarga ehtiborni qaratish lozimligi,
nimalar haqida mulohaza qilishi kerakligi, nimalarni o’zgartirish
zarurligi
haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi.
Emotsiyalar voqyealarning ko’ngildagidek yoki noxush yuz berayotgani,
subyektning konkret va shaxslararo munosabatlar sistemasidagi xolatning ko’p
yo oz darajada aniqligi haqida axborot beradi va bu bilan uning munosabat va
faoliyat sharoitidagi xatti-harakati boshqarib, to’g’rilab turilishini
tahminlaydi.
Emosional xolatlarning shakllari asosan qyidagilar: 1.
Kayfiyat; 2. Affekt; 3. Stress; 4. Frustrasiya.
Kayfiyat
deb nisbatan turgun kishining umumiy xolatiga ta’sir kiluvchi,
uzok Vaqt davom etadigan emosional xolatga aytiladi. Yaxshi kayfiyat
kishining ishchanligiga, uzini to’tishiga, boshqalar bilan munosabatiga ijobiy
ta’sir qilib turadi.
Affekt – bu kiska muddatli, juda ham kuchli va jo’shqin emosional
portlash xolatidir. Affekt
xolatida xotiraning yukolishi, dikkatning torayishi,
ongli nazoratning susayishi kuzatiladi. Masalan: kuchli gazablanish, jaxl
chiqishi, kurkish, xoljanlanish xolatlarida inson uzini boshqarolmaydi.
Affektning 3 ta stadiyasi bor: 1. Emosional xolatning yigilib, summasiya
bo’lishi; 2. Emosional portlash; 3. Emosional portlashga nisbatan qarshi teskari
xolat.
Stress – kishi organizmi va ruxiyatiga ta’sir kilgan salbiy ta’sirlar ostida
xosil bo’ladigan emosional xolat bo’lib, organizm nerv sistemasining tashki
ta’sirlarga tayyorgarlik darajasini belgilaydi va u bilan boglik bo’ladi.
Frustrasiya xolati kishi uz oldiga kuygan maksadga erisholmagan yoki
intilish jarayonida tusiklarga uchragan paytda xosil bo’ladigan xolat.
Emotsiyalarning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar.
Djeyms – Lange nazariyasiga binoan emosional xolatlarining, xis-
tuygularning
kelib chiqishi, organizmdagi fiziologik uzgarishlar, jumladan,
yurak urishining tezlashishi, nafas olishning uzgarishi, kon bosimi, teri
pigmentasiyasi hamda sekresiya bezlarining funksiyalari bilan uzviy boglikdir.
Ularning fikricha avval odamning organizmdagi fiziologik uzgarishlar sodir
bo’ladi, shuning natijasida emosional xayot yoki xis-tuygu paydo bo’ladi.
Ularning fikricha, biz yiglaganimiz uchun xafa bo’lamiz, kulganimiz uchun
kuvonamiz.
Kennon nazariyasiga kura, emosional xolatni yuzaga keltiruvchi, qo’zg’atuvchi
ta’siri miyaning talamus degan kismiga ta’sir kiladi.
Shu tufayli emosional xolat
va organizmdagi fiziologik o’zgarishlar bir vaqtning o’zida yuzaga keladi. Bu
nazariya ko’plab psixologlar tomonidan tan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: