1– guruh uchun tarqatma material.
Qobiliyatlar
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffkiyatli amalga oshirish
sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni
167
egallash dinamikasida yuzaga chikadigan farqlarda namoyon bo’ladigan
individual – psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual – psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir
odamning boshqa bir odamdan farq kiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. O’z-
o’zidan ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham
qobiliyatlar hakida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o’tish kerak. Bu
farqlar sifatli va mikdoriy bo’lishlari mumkin.
Qobiliyatlarning
sifat
jixatdan
xarakteristikasi
insonga
mexnat
faoliyatining kaysi sohasida (konstruktorlik, pedagoglik, iktisodchilik, sport va
boshqalarda) osonlik bilan uzini topa oladi, katta yutuklarga va
muvaffaqiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu
bilan qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularning mikdoriy xarakteristikasiga
uzviy boglikdir.
Psixologiyada qobiliyatlarni mikdor jixatdan ulchash muammosi uzok
tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qator psixologlar
(Kettel, Termen, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb
tanlashni amalga oshirish zaruriyati bilan boglik bo’lgan talablar ta’siri ostida
ta’lim olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chikdilar.
Usha paytlarda qobiliyatlarni ulchash usuli sifatida akliy iste’dod
testlaridan foydalanildi.
Akliy iste’dod testlari mazmun jixatdan qator savollar va masalalardan
tashkil topgandir. Ularni yechish muvaffaqiyati (sarflangan Vaqtni hisobga
olib) ball yoki ochkolar yigindisi bilan hisoblanadi. Masalan, un bir yoshlik
bolalarning akliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha
test kullangan: «Petr Jeymsga karaganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq.
Hammadan kura kim baland? Savol tagiga quyidagi javoblar yozib kuyiladi: 1
Edvard, 2. Jeyms, 3. Petr, » Ayta olmayman. Yoki boshqacha test: kizil,
yashil, ko’k, xo’l, sariq. Bu yerda bola turkumga kirmaydigan so’zni aniqlashi
kerak va hokozo.
Bolalar testlar to’plamini bajarib bo’lgandan keyin ularning natijalarini
standartlashtirilgan yo’l bilan, ya’ni xar bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini
hisoblash bilan shug’ullanishadi.
K o b i l i ya t l a r n i n g t u z i l i sh i .
Qobiliyat sifatida namoyon bo’ladigan fazilatlar yigindisining tuzilishi
oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil
turlari uchun turlicha bo’ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik
tuyg’ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko’rgazmali
obrazlar mavjudligini, til xissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga
nisbatan zo’r qiziqishni, o’z-o’zini ifodalash ehtiyojini va shu kabilarni taqoza
qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko’p
qobiliyatlar tuzilishi o’ziga xos xarakterga egadir.
Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashkil etadigan shaxs hislatlari va
xususiyatlari orasida ba’zi birlari yetakchi o’rinni egallasa, ba’zi birlari
yordamchi rolni o’ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida
pedagoglik odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga muhabbat, ularga nisbatan
168
yuksak talabchanlik bilan qo’shib olib boriladigan bilim berishga ehtiyoj,
yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashkilotchilik
qobiliyatlari kompleksi yetakchi fazilatlar hisoblanadi.
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo’lishi mumkin. Xar turli
qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o’rganar ekanmiz, biz bu
qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko’p turdagi faoliyat talablariga javob
beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatning bir
muncha torroq doiralarga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz
mumkin. Ayrim kishilarda bu umumiy fazilatlar yorqin ifodalanadi. Masalan,
Ibn Sino ham vrach, ham yozuvchi, ham musiqachi, ham matematik va
hokozo qobiliyatlarga ega bo’lgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy ham
dramaturg, shoir, kompozitor, pedagog, jamoat arbobi bo’lgan. Ayrim
kishilarda esa fazilatlar ko’proq bir faoliyatga tegishli bo’ladi. Masalan,
rassomlikka, kompozitorlikka, naqqoshlikka qobiliyat va hokozo.
I s t ye ‘ d o d , u n i n g p a y d o b o’ l i sh i
.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi.
Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffaqiyatli,
mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir.
Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda yuksak mahoratga va anchagina
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.
Urish yillarida sarkardalik iste’dodlari jo’shqin rivojlanadi, tinchlik
davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan,
hozir O’zbekistonni dunyodagi eng ilg’or, eng obro’li davlatlardan biriga
aylantirish asosiy vazifa bo’lib turibdi. Mustaqillik davrining ana shu ehtiyoji
ajoyib quruvchilar, muhandislar, naqqoshlar, hunarmandlarning o’sib
chiqishiga yo’l ochdi. Ayniqsa sport sohasidagi muvaffaqiyatlarimiz beqiyosdir.
Mana, o’zbek kurashi bo’yicha birinchi o’rinda, boks bo’yicha yuqori
o’rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozasidir.
Iste’dod-bu qobiliyatlar yigindisidan, ularning majmuidan iboratdir.
Alohida olingan, yakka qobiliyatni, garchi taraqqiyotning juda yuksak
darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo’lsa ham, iste’dod bilan
tenglashtirib bo’lmaydi.
Shunday qilib, iste’dod shaxs psixik fazilatlarining shu qadar murakkab
birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, hatto bu qobiliyat
xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi juda qimmatli qobiliyatlar bo’lishiga
qaramasdan, belgilab bo’lmaydi.
Qobiliyatlar va iste’dodning tabiiy shart – sharoitlari
.
Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga
qandaydir tabiat tomonidan tug’ma ravishda, tayyor xolda berilmaydi, balki
xayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga Hech qanday psixik
xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan
keladi, xolos.
Hozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining
mikrostrukturasi bilan bog’laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. Miya
xujayralarini chuqur o’rganish iste’dodli kishining nerv turkumalarini
169
ko’rsatadigan morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash
imkoniyatidadir deb tahmin qilish mumkin. Shuningdek, iste’dod
nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv
kuchi, muvozanatlashuvi va harakatchanligi o’rtasidagi farqlarga qarab) va shu
bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog’lovchi gipoteza ham haqiqatga
yaqinroqdir.
Bulardan tashqari, qobiliyatlarni tabiiy asoslarini nerv sistemasining
xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog’laydigan, ya’ni ayrim
odamlarda ko’rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat
sohasida namoyon bo’ladigan o’ziga xos tipologik xususiyatlar bilan
bog’laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir.
Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yo’li bilan o’tishini
isbotlaydigan Hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo’li
bilan o’tishi hakidagi ilmiy nazariyaga ham qarama – qarshidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |