1 – A sinf. 23 – noyabr 2015 – yil
Mavzu : Q q tovushi va harfi.
Darsning maqsadlari :
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kichik “ q ” tovushi va harfi haqida kengroq tushuncha berish va olgan bilim va ko’nikmalarini yanada shakillantirish , rivojlantirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona tabiatga mehrli qilib va har bir dov daraxtlarni , o’simliklarni sevishni ularga befarq bo’lmaslikni ularni tarbiyalash parvarishlash kerak ekanligini ongiga ruhiyatiga singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning unli va undosh harflarni farqlashini hamda ularni xatosiz chiroyli talaffuz qildirish va xotirasida qolishi uchun ko’proq talaffuz qildirib mashq qildirish.
Dars turi : Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi : Tushuntirish
Dars jihozi : Alifbo kitobi va harflar hamda mavzuga
oid rasmlar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
- Salomlashish.
- davomatni aniqlash.
- sinfni va o’quvchilarni darsga tayyorlash.
- o’quvchilarning faolligini oshirish.
- o’quvchilardan fasl , yil , oy , kun , haqida so’rash.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
“p” harfi haqida o’quvchilar bilan savol – javob qilaman va uni talaffuz qildirib, “ p” harfi bilan boshlanadigan so’zlarni ayttiraman:
paqir pashsha parda patir Po’lat
payondoz porloq pamidor tepa to’palon
piyola pilla poyga posbon pul
Dam olish daqiqasi:
Daraxt tagin yumshatamiz ,
Daraxt tagiga suv quyamiz .
Daraxtlarim o’sib ketti ,
Bo’ylari osmonga yetdi.
(o’quvchilar o’rinlaridan turgan holatda O’qituvchi bilan birgalikda qo’llari bilan daraxt tagini yumshatishda qaday harakat qilishi va suv quyishida qanday harakat qilishi, o’sib ketgani bo’yi osmonga yetgani haqidagi harakatlarni ko’rsatishadi.)
III.Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilarga kichik “ q ” tovushi va harfi haqida kengroq tushuntiraman. U undosh harf chunki o’pkamizdan chiqayotgan havo to’siqqa uchraydi va lablarimiz miyig’ida kulgan xolatda aytiladi hamda tilimiz tishlarimizga tegadi. “ q ” harfini talaffuz qildiraman va yozilishini tushuntiraman. O’quvchilarga “ q ” harfini va u bilan boshlanadigan so’zlarni talaffuz qildiraman.
qish qoplon qo’lqop quyosh qurbaqa
qush qalam qatiq qaynoq qaymoq
qoshiq qarmoq Qobil Qodir Qosim
Mavzu yuzasidan savol – javob:
“Q q ” harfi qanday harf ?
Nima uchun undosh harf ?
“Q q ” harfi bilan boshlanadigan so’zlarni ayting ?
“ Q q” harfi so’zlarning qayerida keladi ?
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash hamda “ Q q ” harf bilan berilgan so’zlarni o’rganib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |