7. ―Tayanch signallar‖ usuli.
Bu usuldan foydalanilganda
mavzu bo‘yicha tayanch manbalar, bilimlarni eslatuvchi signallar
yozib qo‘yiladi, talabalar shu signallardan foydalanib savollarga javob
topadi va mavzuni to‘liq o‘zlashtirib oladi. ―Tayanch signallar‖
usulidan foydalanilganda milliy kurashga doir signallar (bеlgilar)
yozuv taxtasida yoki ko‘rgazmali vatmanda yozib qo‘yiladi, talabalar
shu bеlgilarni o‘rganib qo‘yilgan topshiriqlar (savollar)ga javob
topadilar va mavzuni to‘liq o‘zlashtirib oladilar. Bunda milliy kurash
turlari bеlgilar (chizmalar, harflar, kalit so‘zlar) yordamida kod bilan
ifodalanadi. Mana shu ifodalarga qarab talaba nima to‘g‘risida so‘z
borayotganligini anglaydi va uning mazmunini ochib bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |