3-topshiriq bo‘yicha Kurashda hujum harakatlarini tayyorlashda masofani tanlash juda
muhim. Buning uchun mashg‘ulotlarda yakka holda siljishga o‘rgatish
lozim. Taktik natijalarga ko‘ra siljish masofani tanlashdan boshlanadi.
Harakat usullari yaqin, o‘rta va uzoq masofalardan turib o‘tkaziladi.
Buni
quyidagi
rasmlarda
ko‘rish mumkin. Bu rasmlarda
kurashchilarning oraliq, (uzoq, o‘rta, yaqin) masofalari tasvirlangan.
Kurashchilarning oraliq, masofalari 5 xil bo‘ladi: 3- topshiriqning 1-elеmеntlari 28-rasm. Kurashchilarning uzoq masofada turishlari. 1. Ushlashsiz masofa — kurashchilar bir-birlarini biron joyidan
ushlamasdan, ammo ushlash uchun qulay fursatni poylab har xil
harakatdagi holatlari (28-rasm).
150
29-rasm. Kurashchilarning o‘rta masofada turishlari. Kurashchilar bir-birlarining yaktagini bir qo‘llari bilan yaktakning
gavda qismidan, ikkinchi qo‘l bilan yеngidan ushlab turishlari