Q. P. Arslonov


 Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyoti. –T. O‘zDJTI, 2005.120-bet



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/229
Sana12.02.2022
Hajmi3,23 Mb.
#445004
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   229
Bog'liq
millij kurash turlari va uni ukitish texnologiyalari

1
 Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyoti. –T. O‘zDJTI, 2005.120-bet. 


141 
Texnik usullarni qo‘llashda hamma usullar uyg‘unlashgan holda 
qatnashadi. 
Bunda dinamik vaziyat murakkab hujumning yaratilishi bilan 
bog‘liq bo‘ladi.Taktik tayyorgarlik jarayonida hujum harakatlari ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
-
birinchi harakat, hujumchiga zarur bo‘lgan raqibning himoya 
reaksiyasi bilan bog‘liq. Bu reaksiya hujum harakatini amalga 
oshirishga yordam beradi. Masalan, hujum qiluvchi yelkasidan oshirib 
tashlashni amalga oshiradi, raqib, himoyalanib gavdasini to‘g‘rilaydi, 
bu bilan qo‘lni va shunga mos bo‘lgan oyoqni ichkaridan ushlab olib 
zarba bilan ag‘darishni amalga oshirishga yordam beradi; 
-
ikkinchi harakat usul raqibning faol reaksiyasiga erishish 
maqsadida amalga oshiriladi, ya‘ni: raqib qarshi usul qo‘llaydi, undan 
so‘ng hujum qiluvchi ikkinchi harakat amalga oshiradi. Masalan, 
hujum qiluvchi oyoqni ushlab olib ag‘darish, raqib- uzoqdagi sondan 
teskari ushlab olib ag‘darishni amalga oshiradi; 
-
hujum qiluvchi vaziyatdan foydalanib, qo‘ldan ushlab oladi va 
yelkadan oshirib tashlashni bajaradi; 
-
uchinchi harakatda hujum qiluvchi birinchi usulni amalga 
oshirish natijasida raqibni shunday holatga solib qo‘yadiki, u yoki bu 
himoya, bo‘shashish bilan javob qaytaradi, yoki javob qaytarmaydi. 
Masalan, qo‘ldan siltab, gilamga tushirish-oldidan qoqish; teskari 
oyoqni tashqaridan ilib olib, qo‘l va gavdani ushlab olgan holda zarba 
bilan ag‘darish-qo‘l va gavdani ushlab olib egilib tashlash. 
Murakkab hujum harakatlari bilan muvofaqiyatli hujum qilish 
shunga asoslanadiki, raqib kuch berish yo‘nalishini o‘zgartirib 
bajariladigan dasturlangan murakkab hujum harakatiga ikki-uch marta 
javob qaytarishga majbur va har safar hujum qiluvchining 
harakatlanish xususiyati hamda yo‘nalishini oldindan bilish uchun 
unga javob qaytarish vaqtidan yutqazadi, chunki unda bitta yoki ikkta 
reyaksiyaning latent davri yuzaga keladi. 
N.M.Galkovskiy (1971) hujum qilish uchun qulay dinamik 
vaziyatlarning beshta guruhidan foydalanishni tavsiya etadi: 
- qachonki, raqib gavdasi yenga olmaydigan muvozanat 
burchagini ag‘darishning nisbatan tanlangan tomoniga ega bo‘lsa; 
- qachonki, umumiy og‘irlik markazidan (UOM) tayanch 
maydonining chetiga harakatlanishi natijasida mustahkamlik burchagi 
ag‘darish yo‘nalishiga qarab kamaysa; 


142 
- qachonki, raqibning umumiy og‘irlik markazi tezlik bilan 
yuqoriga o‘tsa (ko‘chsa); 
- qachonki, raqib tayanchini osonlikcha bartaraf etish mumkin 
bo‘lsa; 
- qachonki, raqib ―o‘lik nuqta‖ holatida turgan bo‘lsa (uning 
reyaksiyasining latent davri). 
A.N. Lens (1972) usulni amalga oshirish taktikasini quyidagi 
ketma-ketlikda egallashni tavsiya etadi; 
-
usulni bajarishning taktik shart-sharoitlari bilan tanishish; 
-
usulni qulay vaziyatlarda bajarish; 
-
qulay sharoitlarni yaratish usullarini egallash, ularda raqib 
aldamchi harakatga javoban oldindan belgilangan himoyalanish bilan 
javob qaytarishi lozim. 
-
texnik harakatning optimal variantini tanlash va muayyan 
dinamik vaziyatga muvofiq holda uni bajarish tuzilmasiga ayrim 
o‘zgartirishlarni kiritish. 
Asosiy usulni samarali bajarishda tayyorlov harakatlari katta 
ahamiyatga ega, shuning uchun ular uzviy bog‘iqlikda 
takomillashtirilishi lozim. Takomillashtirishda asosiy qiyinchilik 
harakatning bir turidan ikkinchisiga o‘tish fazasida yuzaga keladi (A. 
A Novikov, 1966). Mahorat darajasi qancha yuqori bo‘lsa, bunday 
bog‘liqliklar ham ko‘zga tashlanadi (A. V Rodionov, 1971)
1

Hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi – hujum harakatini 
ma‘lum bir usul bilan taktik tayyorlash murakkab usulning bir qismi 
bo‘lishi lozim. Bunda u hujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. 
Aldamchi harakatdan (Shaxsan hujum bajarishni taktik tayyorlashdan) 
murakkab hujum hatakatining (MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga 
o‘tish paytiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Turli hujum usullariga 
eng maqsadga muvofiq bo‘lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash 
lozim. Shu maqsadda kurashchilar taxminiy MHH bilan tanishgandan 
so‘ng quyidagi topshiriqni oladilar; ma‘lum bir usulga mustaqil 
ravishda tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari bilan 
MHH birlashtirish. 
Murakkab hujum harakatlarini takomillashtirishda pedagogik 
jarayon yangi malakani tarbiyalashga qaratilgan. Yangi MHHni 
muvofaqiyatli egallash faqat avval o‘rganilgan usullar asosida amalga 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish