Q. P. Arslonov



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/229
Sana12.02.2022
Hajmi3,23 Mb.
#445004
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   229
Bog'liq
millij kurash turlari va uni ukitish texnologiyalari

 
5 min 


40 
kurash bilan rivojlantirgan shu nuqtai nazardan eng qadimgi sport 
turlaridan biri hisoblanadi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda hozirgi O‘zbekiston hududida qadimda 
sak qabilalari istiqomat qilishgan mazkur qabilada kurash keng 
shakllangan. Zero, sak qabilasining yigitlari bo‘lajak qalliqlarini 
kurashda yenggan. Shu tariqa o‘zbek milliy kurashi shakllanadi. O‘rta 
Osiyo xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan Abu Ali ibn Sinoning ―Kitob –
al qonun fit- tib‖ asarida, Amir Temur xotiralarida, Firdavsiyning 
―Shohnoma‖sida, 
Zahiriddin 
Muhammad 
Boburning 
―Boburnoma‖sida, Alisher Navoiyning ―Saddi Iskandariy‖ dostonida, 
S.Vamberi, N.S.Lokshinning ocherk va maqolalarida kurash mavzusi 
yoritilganlagining guvohi bo‘lamiz. 
Manbalarda yozilishicha, O‘zbekistonda qadimdan ikki xil kurash 
turi shakllangan: ―Farg‘onacha‖ va ―Buxorocha‖ usul deb nomlangan. 
―Farg‘onacha‖ usulda polvonlar to‘n kiyib, belbog‘ni oldindan 
ushlab kurashgan bo‘lsa, ―Buxorocha‖ usulda polvonlar kalta to‘n 
kiyib belbog‘ bog‘lab yoki yaktakda oyoq yalang, yo bo‘lmasa mahsi 
kiyib bellashgan. Kurashishning bu turi hozirgi kunda ham 
Respublikamizda 
keng tarqalgan bo‘lib, Xalqaro toifadagi 
musobaqalar o‘kazib kelinadi. 
Shunday qilib, kurash yosh avlodni jismoniy chiniqtirish vositasi 
sifatida ommaga kirib kеlgan. Xalqlarning doimiy yashash joylarida 
boshqa hayot ehtiyojlari, turmush normalarini ov qilish bilan birga 
kurashayotgan insonlarning tasviri tushurilgan suratlar paydo bo‘la 
boshladi. Buni Misr ehromlari dеvorlaridagi tasvirlarda, qadimgi 
Hindiston, Xitoy, Yunonistondagi yodgorliklarda kuzatish mumkin. 
Bu 
davlatlarning 
qadimiy 
qo‘lyozmalarda bеllashuv, yakka 
kurashlarning shakllari tasvirlangan yodgorliklarni ko‘rish mumkin. 
O‘zbеkiston Davlat jismoniy tarbiya instituti xalqaro va milliy 
kurash turlari kafеdrasi mudiri, pеdagogika fanlari doktori, profеssor, 
erkin 
va 
yunon-rum 
kurashi 
bo‘yicha 
xalqaro 
hakam 
F.A.Kеrimovning ta‘kidlashicha, ―Jismoniy tarbiya va kurashning 
rivojlanishida qadimgi Yunoniston alohida o‘rin tutadi. Eramizdan 
avvalgi IX-VIII asrlarda qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya 
tizimi yaratildi va u hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Maxsus 
maktablarda tajribali o‘qituvchilar kurash, shuningdеk, qisqa 
masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloqtirishdan 
tashkil topgan dastur bo‘yicha bolalar tayyorgarligiga alohida e‘tibor 


41 
bеrganlar. Shu bilan birga, shug‘ullanuvchilar qo‘l jangini olib borish, 
tosh uloqtirish malakasini egallab borganlar. 
Qadimgi Yunistonda kurash tеxnikasi va uning rivojlanishi 
to‘g‘risidagi ko‘p sonli haykallar, amforalar hamda vazalardagi 
tasvirlar, qadimgi shoirlar asarlari, tarixchilar, faylasuflar Gomеr, 
Pindar, Platon va boshqa ishlari guvohlik bеradi. Masalan, Gomеrning 
―Illiada‖sida (eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda ) Ayaks va Odissеy 
o‘rtasidagi bеllashuv shunday bayon etilib, ―Kurashchilar 
bеlbog‘larini taqib, maydon o‘rtasiga chiqib, qo‘llari bilan mahkam 
chirmashib, bir-birlarini o‘rab oldilar. Kuchli quchoqlashish ostida 
qahramonlarning gavdalari qirsilladi, zo‘riqdi va ulardan tеr quyila 
boshlaydi. Kurashchilar gavdasidan qonlar sizib chiqa boshladi, lеkin 
ular olishishni davom ettiravеrdilar‖. Kurashning boshqa jismoniy 
mashqlar bilan bir qatorda san‘atga tеnglashtirilishi o‘sha davrning 
o‘ziga xos xususiyati edi. Kurash bilan o‘sha davrning yirik vakillari 
olimlari, shoirlar, davlat arboblari, sarkardalar shug‘ullangan. 
Qadimgi Yunoniston Olimpiya o‘yinlari vataniga aylandi 
(eramizdan avvalgi 766-y.). Birinchi Olimpiya o‘yinlari dasturiga 
kurash mustaqil sport turi (eramizdan avvalgi 708-y.), shuningdеk 
maxsus bеshkurashning tarkibiy qismi sifatida (eramizdan avvalgi 
708-y.dan boshlab) kiritilgan‖
13

XIX asr oxiri XX asrlarda Turkiston, so‘ngra O‘zbеkistonda 
kurashga qiziqish kuchaya bordi. Xonlar, bеklar, boy zodagonlar o‘z 
qaramoqlarida kuchli polvonlarni saqlab ular ishtirokida turli 
musobaqalar, kurash o‘yinlarini uyushtirib, xalq o‘rtasida o‘z obro‘-
e‘tiborlarini ko‘tarishgan hamda omma ichida targ‘ibot-tashviqot 
ishlarini olib borgan. A. R. To‘ymurodovning yozishicha, 1910-1916-
yillarda kurashdan ko‘pgina o‘zbеk polvonlari: Ahmad polvon
Azizxo‘ja polvon, Haydar Ali polvon, Abdurahmon Polvon, Tongi 
polvon A‘loyеvlar yеtishib chiqqan. 
Kеyinchalik milliy kurash musobaqasi Buxoro, Surxondaryo, 
Qashqadaryo, 
Samarqand, 
Xorazm 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Rеspublikasida tashkil qilinib mazkur musobaqalarda qatnashgan 
kurashchilar mamlakat tеrma jamoasi tarkibida Yevropa va jahon 
chеmpionatida ishtirok etgan. Shulardan Yevropa va jahon chеmpioni 
Sobir Qurbonov, aka-uka sobiq SSSR sport ustalari Komil, 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish