8. ―Insеrt‖ usuli.
Bu usul talabalar faolligini yuqori darajada
bo‘lishini ta‘minlash, ta‘lim, o‘qish, o‘rganish jarayonida o‘z bilimini,
anglab olgan ma‘lumotlarini kuzatish orqali o‘zlashtirishni yo‘lga
qo‘yadi. Ma‘lumki, ko‘p hollarda o‘quvchi-talabalar mavzu matnini,
avvalidan oxirigacha o‘qib gap nima haqida borayotganligini eslay
olmasliklari mumkin. Chunki ularning diqqati matn mazmuniga
qaratilgan bo‘lib, yoritilayotgan masalalar mazmunini anglash va uni
kuzatish nazarda tutilmagan bo‘ladi. Bu usulni qo‘llash talabalarni
faollashtiradi, ularning o‘z fikrlarini, anglab kuzatgan hodisalarni
erkin aytib bеrishlarini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |