131
2. Adobe Photoshop dasturi menyulari vazifasini o’rganing.
a)
b)
52-rasm.
3. Adobe Photoshop dasturida fotosuratingiz faylini qayta ishlashga tayyorlang.
4. Adobe Photoshop dasturi menyulari yordamida
interfeysni bajariladigan
topshiriqqa mos holda sozlang.
26-Laboratoriya ishi
Ishning nomi:
Adobe Photoshop dasturida turli uskunalar bilan tasvirlar
yaratish
Ishning maqsadi:
Adobe Photoshop dasturida turli uskunalar bilan tasvirlar
yaratishni o‘rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar:
Kompyuter, 220
V kuchlanish manbai, Adobe
Photoshop dasturi
Ish haqida nazariy ma`lumotlar.
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asbob mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi
bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko‘zga tashlanib turadi.
Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugma
ustidan “sichqoncha” ning chap tugmasini bosgan
holda asboblar panelidan
tashqariga olib chiqiladi va kursorni kerakli tugma ustiga keltirib, “sichqonch”
ning chap tugmasi qo‘yib yuboriladi.
Kursor har bir tugmaga yaqinlashtirilsa, kursor
belgisi ostidagi asbobning
vazifasi paydo bo‘ladi.
132
Ba’zi asboblarning vazifalari bilan tanishaylik:
To‘rtburchak soha tanlash – Rectangular marquee (Прямоугольная
область) - [M] – ish sohasidagi aktiv qatlamda to‘rtburchak sohani tanlash.
Aylana soha tanlash – Elliptical marquee (эллиптическая область) - [M]
– ish sohasidagi aktiv qatlamda ellips sohani tanlash.
Alohida satr soha tanlash – Single row marquee (Строка пикселей) - [M]
– ish sohasidagi aktiv qatlamda bitta satrga teng sohani tanlash.
Alohida ustun soha tanlash – Single column marquee (столбец пикселей)
- [M] – ish sohasidagi aktiv qatlamda bitta ustunga teng sohani tanlash.
Tanlangan sohaga qo‘shimcha soha qo‘shish
uchun SHIFT tugmasini bosib
turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar ALT tugmasidan foydalanib soha
tanlasak, u holda tanlangan sohadan olib tashlash ma’nosini bildiradi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar aktiv bo‘ladi:
SHIFT va ALT - tugmalar harakatlariga o‘xshash holatlarni tanlash
Feather - Sohasi yordamida tanlangan Soha chegaralarini qalinligi.
Style - Sohasi yordamida tanlash holatini tanlaymiz. Normal - cheksiz soha,
Constrained Aspect Ratio - yonlari ko‘rsatilgan
proporsiyalardagi soha tanlash,
Fixed size - yonlari ko‘rsatilgan kattaligidagi soha tanlash.
Lasso - Lasso (Лассо) - [L] - ixtiyoriy sohani tanlash. Agar tanlaganimizda
ALT tugmasini bosib tursak, u holda bizning lasso ko‘pburchak lassoga o‘hshab
soha tanlaydi va ALT tugmasini bosganimizda tanlangan soha berkiladi.
Ko‘pburchak lasso - Polygonal lasso (Многоугольноелассо) - [L] -
ko‘pburchak sohani tanlash. Tanlangan sohani berkitish uchun yoki sichqoncha
bilan
ikkitali bosish kerak, yoki CTRL tugmasini bosib qo‘yvorishimiz kerak
bo‘ladi.
Magnit lasso - Magnetic lasso (Магнитное лассо) - [L] - o‘xshash ranglar
bo‘yicha soha tanlash. Кompyuter tanlagan nuqtani bekor qilish uchun Backspace
tugmasini bosish kerak.
133
Tanlangan sohaga qo‘shimcha soha qo‘shish uchun SHIFT tugmasini bosib
turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar ALT tugmasidan foydalanib soha
tanlasak, u holda tanlangan sohadan olib tashlash ma’nosini bildiradi.
Sehrli tayoqcha - Magic wand (Volshebnaya palochka) - [W] - bir xil
rangli sohani tanlash.
Tanlangan sohaga qo‘shimcha soha qo‘shish uchun SHIFT tugmasini bosib
turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar ALT tugmasidan foydalanib soha
tanlasak, u holda tanlangan sohadan olib tashlash ma’nosini bildiradi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar aktiv bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: