Q. M. Karimov, B. E. Daminova “TA’limda axborot texnologiyalari” fanidan laboratoriya ishlari


-rasm. Ellips bo‘yicha matnni joylashtirish variantlari  48-rasm



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana15.06.2022
Hajmi4,06 Mb.
#672280
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
fayl 1980 20211005[1]

47-rasm.
Ellips bo‘yicha matnni joylashtirish variantlari 
48-rasm.
Matnni ko’chirish 
Matnni interaktiv rejimda berilgan siniq chiziqqa perpendikulyar o’rnatish 
quyidagicha bajariladi. "Pick Tool" uskuna yordamida siniq chiziq bo‘yicha 
joylashgan matnli obyektni ajrating. Matn chiziq bilan bog’liq bo’lganligi uchun 
Ctrl tugmasidan foydalaning, so’ngra tugmani bosib turib, matnli obyektga matnni 
ajratish uchun sichqoncha tugmasini bosing. Obyekt markazida joylashgan belgini 
sichqoncha 
tugmasi 
bilan 
ajrating. 
Ko’rsatgich 
ko’rinishi o’zgaradi. 
Sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, ko’rsatgichni yuqoriga ko’chiring. 
Bog’lovchi chiziq hosil bo’lib, bir tomoni chiziqda ikkinchi tomoni matn bilan 
bog’langan. Ushbu chiziq matn va siniq chiziq o’rtasidagi masofani belgilaydi. 
Matnni chiziqga nisbatan yuqoriga yoki pastga ko’chirishingiz mumkin. Agar 
ko’chirishni to’xtatib, sichqoncha tugmasini bosib tursangiz, bog’lovchi chiziq 
uchida shu matn va chiziq nusxasi hosil bo’ladi. Ushbu chiziq matn o’rnashuv 
o’rnini oldindan ko’rsatadi (35-rasm). Sichqoncha tugmasi qo’yib yuborilganda 
matn yangi o’rinni egallaydi. Matn joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli) 
ning o’ng qismida joylashgan satrda qiymatlarni kiritib ham belgilash mumkin. 
"Pick Tool" uskunani belgilang, Shift tugmani bosing, uni qo’yib yubormasdan 
ellips chizigiga qo’yib yuboring. Qaytib yana ikki obyektni belgilab, matnni 
o’rnatish amallarini takrorlashingiz mumkin, endi matnni ellipsdan ajratamiz. 
Menyudan Arrange Break Text Apart (Montaj/Matnni ajratish) buyrug’ini tanlang. 
Tashqi ko’rinish o’zgarmasada, matn ellipsdan ajratilgan holda o’rnatiladi. Faqat 


118 
matnni ajrating. Buning ajratishni bekor qilish uchun sichqoncha tugmasini bo’sh 
o’rinda bosish lozim, so’ngra matn ustida tugmani bosish lozim. Menyudan Text 
Straighten Text (Matn/Matnni tekislash) buyrug’ini bering, va matn o’zining 
boshlang’ich holatiga erishadi. "Frehand Tool" uskuna yordamida boshlang’ich 
yopiq bo’lmagan egri chiziq chizing. Chizilgan chiziq va matnni birgalikda ajrating 
va menyudan Text Fill Text to Path (Egri chiziq bo‘yicha matn) buyrug’ini bering. 
Natijada matn yopiq bo’lmagan egri chiziq bo‘yicha joylashadi, so’ngra Property 
Bar (Holatlar paneli) ning uchinchi ro’yxatidan matnni chiziq bo‘yicha joylashish 
holatini tanlash mumkin. Matnni chiziq boshi, markazi, yoki oxiri bo‘yicha 
tekislashingiz mumkin. Property Bar (Holatlar paneli)ning uchinchi ro’yxatidan 
turli variantlarni qo‘llab ko‘ring. Matni tanlangan variant bo‘yicha o‘z holatini 
o‘zgartiradi. Agar matn joylashgan chiziq shaklini o‘zgartirsangiz, matn avtomatik 
ravishda o‘z holatini o‘zgartiradi. "Shape Tool" uskunani tanlab chiziq shaklini 
o‘zgartiring. O‘zgartirishlar kiritib bo‘lgandan so‘ng matn yangi holatni qabul 
qiladi. "Pick Tool" uskuna yordamida matnni va chiziqni ajrating. Menyudan 
Arranged Break Text Apart (Montaj Matnni ajratish) buyrug‘ini tanlang. Enda 
matn va egri chiziq o‘zaro bog‘lanmagan bo‘ladi. Faqat egri chiziqni belgilab, uni 
o‘chiring. Bunda egri chiziq mavjud bo‘lmasa-da, matn ko‘rinishi o‘zgarmaydi.

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish