Topshiriq:
Matnni egri chiziqqa nisbatan o’rnatish
.
Ishni bajarish tartibi:
CorelDRAW 10 grafik muharriri shaklli matnni barcha berilgan egri chiziq
bo‘yicha – to’g’ri yoki egri chiziqlar, to’rtburchak, ellips, yulduz, ko’pburchak,
boshqa harf yoki matnli satr bo‘yicha o’rnatish imkonini beradi. Egri chiziq
bo‘yicha faqat bir satrli matnni o’rnatish mumkin. Agar bir necha satrli matnni
o’rnatmoqchi bo’lsangiz, barcha ikkinchi satrga ko’chirilgan matnllar o’chiriladi.
"Ellipse Tool" uskuna yordamida ellips chizing. Toolbox (Grafika) uskunalar
panelida "Text Tool" uskunani tanlang. Sichqoncha ko’rsatgichini ellips kontur
chizig’ining boshiga ko’chiring. Bunda sichqoncha ko’rsatgichi o’z ko’rinishini
o’zgartiradi. Sichqoncha tugmasini ellips konturi ustida bosganda matnli kursor
paydo bo’ladi. So’ngra shaklli matnni kiritish mumkin. Property Bar (Holatlar
paneli) da shriftlar ro’yxatidan rus harflarini qo’llovchi Verdana, Arial, Helvetica,
sans-serif, yoki boshqa shriftini tanlang. Bir nechta so’z kiriting. Matn avtomatik
ravishda ellips konturi bo‘yicha joylashadi. (46-rasm)
46-rasm
. Ellips bo‘yicha joylashgan matn
Agar mavjud matnni egri chiziq bo‘yicha o‘rnatish lozim bo‘lsa, u holda,
boshqa uslubdan foydalanish lozim bo‘ladi. Yana birta ellips chizing va bo‘sh
qismda shaklli matn hosil qiling. Ellips va shaklli matnni "Pick Tool" uskuna
yordamida birgalikda ajrating. Menyudan Text Fill Text to Path (Matn Matn egri
chiziq bo‘yicha) buyrug‘ini bering. Bunda matn yuqoridagidek egri chiziq
bo‘yicha joylashadi. Matnni egri chiziq bo‘yicha o‘rnatish usulidan qat’iy nazar,
116
uni boshqa matn obyekt kabi o‘zgartirish va formatlashingiz mumkin. Shu bilan
birga matnning egri chiziq bo‘yi joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli)
boshqaruv elementlari yordamida o’zgartirishingiz mumkin. Ushbu elementlarga
to’liqizoh berib utamiz. Property Vag (Holatlar paneli) ning chapdan birinchi
ro’yxatida tayyor namunada matnlarni joylashtirishning bir necha parametrlarini
ko’rish
mumkin.
Namunadan
foydalanib,
matning
to’liqko’rinishini
o’zgartirishingiz mumkin. Qolgan satrlar esa matnni bir necha parametr bo‘yicha
alohida o’zgartirishga imkon beradi. Property Bar (Holatlar paneli) ning ikkinchi
ro’yxatida harflarning berilgan chiziq bo‘yicha joylashuv variantlari keltirilgan.
Ro’yxatdagi rasm variantlarni izohlaydi: "Text Orientation" varianti harfni
berilgan chiziq bo‘yicha aylantiradi, "Text Orientation" varianti harfni berilgan
egri chiziqning siniq qismiga vertikal moslashtirib joylashtiradi. Egrilik burchagiga
qarab harfqiyaligi o’zgaradi. "Text Orientation" varianti harfni berilgan egri
chiziqning siniqqismiga gorizontal moslashtirib joylashtiradi. "Text Orientation"
varianti simvollar matn satri berilgan chiziq bo‘yicha joylashsa, ular vertikal
saqlaydi. Uchinchi ro’yxatda matnning egri chiziq bo‘yicha joylashuvi aniqlanadi.
Berilgan rasmlar variantini izohlashga hojat yo’q: "Vertical Plasiment". Matnni
egri chiziqqa perpendikulyar o’rnatuvchi variant hisoblanadi. Agar matnni yopiq
siniq chiziq bo‘yicha o’rnatilsa, Property Bar (Holatlar paneli) da "Text Placiment"
elementlar ro’yxati hosil bo’ladi. Ushbu ro’yxat yordamida matn joylashuvi lozim
bo’lgan yopiq chiziq o’rnini belgilashingiz mumkin. Matnni berilgan chiziqqa
qarama–qarshi tomonda barcha parametrlarni saqlangan holda o’rnatish "Place On
Other Side" tugmasidan foydalanish lozim. Matn joylashuvini Property Bar
(Holatlar paneli) ning boshqaruv tugmalari yordamida o’zgartirishni ko’rib
o’tamiz. (47-rasm).
117
Do'stlaringiz bilan baham: |