6-vazifa. «Nanobosma, ya’ni nanopechat» (nanolitografiya) deb
ataladigan
nanobiotexnologiyani
mohiyatini
tushuntirib
bering.
Nanopechat yaratish bo‘yicha ishlatuvchilarga qulay bo‘lgan
qisqacha
qo'llanma tuzing. Bu nanotexnologiyada lipidlarni vazifasi nima? Nima
uchun kremniyli plastinkaga surtilgan lipidlarni bittadan molekulasi
oxirida qo‘shqavat shakllantiradi? Sxematik rasm yordamida lipid
molekulaiarini kremniyli plastinkalarda, ulami 4-qavatini surtilgandan
keyingi joylashishini tasvirlang. Nanopechatdan
amaliyotda foydalanish
bo‘yicha o‘zingizni shaxsiy takliflaringizni keltiring.
7-vazifa.
Quyida keltirilgan hujayrani membranali organoidlami
tuzilish sxemasini daftaringizga chizib oling. Organoidni nomini va
uning strukturaviy qismlarini ko‘rsating. Organoidni qaysi strukturaviy
qismi gibridli nanokomplekslar yaratishda ishlatilgan?
Shu stmkturaviy
qismni qanday xossasi, gibrid nanokompleks yaratishda foydali
bo‘lganligini tushuntirib bering? Olingan gibridli nanokomplekslar
qanday usullar bilan o‘rganilgan? Ular
boshqa nanotexnologiyalarda
«quruvchi bloklar» sifatida ishlatilishi mumkinmi? Uzoq kelajakda
gibridli nanokomplekslardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha o ‘zingizni
variantlaringizni taklif qiling.
147
8-vazifa. Quyida keltirilgan xloroplastlaming tilakoidlari asosida
nanokompozit materiallar yaratish sxemasini nihoyasiga yetkazing.
Bunda, ushbu jarayonni bosqichlarini quyidagi nomlaridan foydalaning:
tilakoidlami polielektrolit qavat bilan yopish;
tilakoidlami kremniyli
podlojkalarga immobilizatsiya qiiish; tilakoidlami suvli muhitga joylash;
tilakoidlar sirtida, polielektrolit komplekslardan to‘rt qavatli nanoplyon-
kalar shakllantirish.
Sxema
Tilakoidlar ajratish—»
9-vazifa. 5.8-bo‘limda keltirilgan matalar asosida viruslardan
foydalanib, nanokompozit materiallar yaratishni quyida keltirilgan
sxemasini nihoyasiga yetkazing:
Ko‘p qavatli polielektrolit yaratish —►uni sirtida lipidli qo‘shqavat
shakllantirish—►
10-vazifa. 9-vazifani bajarishda Siz ko‘rsatgan viruslardan foydalanib,
nanokompozitli materiallar yaratish bosqichlarini analiz qilib chiqing.
Nima uchun viruslar ko‘pqavatii polielektrolitdan va qo‘shqavatli
lipidlardan tayyorlangan nanokompozitli materiallarga mustaqii kirib oldi?
Nima uchun kompozitli nanomaterial nordon muhitga joylashtiriladi?
Nima uchun ichiga viruslar kiritilgan kompozit nanomaterialni tadqi-
qotchilar, «biologik xossalari nazorat qilinadigan»
kompozit nano-
materiallar deb ataganlarini tushuntirib bering. Bunga o‘xshagan kompozit
nanomateriallami tirik sistemalar o‘zaro ta’sirida xohlanmagan o‘zaro
munosabatlami minumumga tushganligiga sabab nima? Hozirgi vaqtda
«vims bilan zararlangan kompozit materiallar» qayerlarda ishlatilishi
mumkin? Istiqbolda ulardan foydalanishni Siz taklif qiladigan variantlari
bilan tanishtiring va fikringizni asoslab bering.
11-vazifa. Quyida keltirilgan mavzulardan birortasi bo‘yicha yoz-
ma ma’ruza tayyorlang va u bilan o'rtoqlashing (darsda himoya qiling):
- biologik membranalar asosida nanostrukturalar konstruksiya qiiish;
- liposomalar olish va amaliyotda foydalanish usullari;
- biologik
membranalami texnik modellari, ulami amaliyotda
ishlatilishi;
- biologik membranalami nanotexnologiyada ishlatilishi.
12-vazifa.
Biologik
membranalami
nanokonstruksiya
va
nanotexnologiyalarda ishlatilishi bo‘yicha informatsion baza yarating.
148