Q. Atanazarov 20 y



Download 204,18 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2022
Hajmi204,18 Kb.
#685146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
диплом олди амалиёти дастури

1. Umumiy qoidalar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarning malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomi 24.08.2017 yildagi 603-sonli buyrug‘i asosida. 5440100-Veterinariya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Bunda talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini o‘tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.


1.1. Amaliyotning maqsadi, vazifasi, mazmuni va muddati DTS, fan dasturlari va o‘quv rejalariga mos holda belgilanadi.
1.2. Malakaviy amaliyot bakalavriyat yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, tuman hayvon kasalliklari, tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazi, bozor VSE bo‘limlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa chorvachilik korxonalarida bakalavriat yo‘nalishlari uchun o‘tiladigan fanlar nazariy qismini amalda mustaxkamlash uchun zarur bo‘lgan amaliy o‘quv jarayonining ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan bevosita davomi hisoblanadi.


2. Talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va unga rahbarlik
2.1. Talabalarning malakaviy amaliyotlari fakultetning, viloyatlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari, chorvachilik fermer va boshqa turdagi chorvachilik xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi.
2.2. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘qiydigan talabalar amaliyotini o‘tash uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar.
2.3. Amaliyotni tashkillashtirish va uni talablar asosida o‘tkazish institut rektori va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.
2.4. Amaliyot ikki tomonlama bitimlar asosida xorijiy davlatlarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ham o‘tishi mumkin.
2.5. Institut:
- har yili navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzadi, amaliyot boshlanishidan 2 oy oldin talabalar amaliyotini o‘tkazish dasturi kalendar rejasi amaliyot o‘tiladigan tashkilotlar bilan kelishib oladi;
- tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan amaliyot rahbarlari tayinlaydi;
- joylarda talabalarning amaliyotiga rahbarlik qilish tuman veterinariya muassasalari va xo‘jaliklarning veterinariya vrachlari zimmasiga yuklanadi;
- fan va ishlab chiqarishning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti va veterinariya sohasidagi yangiliklar borasida ma’ruzalar tashkil qiladi;
- talabalar va amaliyot o‘tiladigan ob’ektlarni amaliyot dasturi bilan ta’minlaydi;
-ob’ektlarda talabalar amaliyotini tashkil etish tartibi, muddati va mazmuniga rioya qilinishini hamda o‘tkazilishini nazorat qiladi.
2.6. Institut tamonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari:
- talabalarning amaliyotiga zaruriy tayyorgarlikni tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi va tashkiliy tadbirlarni, amaliyot o‘tkazish tartiblari, texnika xavfsizligi qoidalari haqida ko‘rsatmalar berish va h.k. amalga oshiradi;
- kafedralar tomonidan talabalarga berilgan topshiriqlar va ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi, ularning mehnat va maishiy xizmat sharoitlarining me’yorida taminlanganligini nazorat qiladi;
- talabalarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
- amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishlarida ishtirok etadi;
-talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi va ularning ishi bo‘yicha taqriz beradi, talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliy tayorgarligi, kamchiliklari va amaliyotni takomillashtirish to‘g‘risida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi.
2.7. Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi:
- viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat davlat qo‘mitasi, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, amaliyot ob’ektining veterinariya mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.
2.8. Amaliyot o‘tash ob’ektlari shartnoma majburiyatlariga muvofiq:
- talabalar amaliyotini uning dasturiga muvofiq tashkil etilishi va o‘tkazilishini taminlaydi;
- talabalarni ish joyi bilan ta’minlaydi;
- bo‘sh ish joylarini hisobga olgan holda, amaliyot o‘tayotgan talabalarni tegishli ish haqi belgilangan lavozimlarga qabul qiladi;
- institut bilan kelishilgan holda oylik va kunlik ish jadvaliga amal qiladi;
- talabalarga mavjud adabiyotlar, veterinariya hujjatlari, operatsiya asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratib beradi;
- bosqich ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlash va ularning bajarilishida yordam ko‘rsatadi;
- xayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi;
- zarur bo‘lgan hollarda talabalarni mehnat xavfsizligi usullariga o‘rgatadi va bu haqida kerakli xujjatlarni rasmiylashtiradi;
- talabalarning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini taminlaydi va nazorat qiladi;
- yaqinda joylashgan boshqa veterinariya muassasalari va tashkilotlarga birgalikda tashriflar o‘tkazadi;
- talabalarning amaliyot o‘tashi vaqtida veterinariya mutaxassislari uchun joriy qilingan shaxsiy himoya vositalari, oziq-ovqat, poyafzal va himoya kiyimlari bilan ta’minlaydi;
- shartnoma asosida talabalarning yashashi uchun sharoiti qulay yotoqxonalar bilan ta’minlaydi, zarur bo‘lganda turar joylarni ijaraga oladi;
- ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga nisbatan jazo choralari ko‘radi va bu haqida inistitut rahbariyatiga xabar qiladi;
- amaliyot davridagi baxtsiz hodisalar uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi;
2.9. Amaliyot mazmuni
4 - bosqich talabalari 8 - semestrda 14 hafta davomida “Veterinariya ishini tashkil etish va qonunchiligi”, “hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari”, “veterinariya toksikologiyasi”, “epizootologiya va infeksion kasalliklar”, “parazitologiya”, fanlaridan malakaviy amaliyot o‘tishlari kerak.

Download 204,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish