NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
13
4.
Aka-uka Grimmlarning 1812-1822-yillarda yozgan kitobi qaysi? –
3 jildlik “Bolalar va
oilaviy ertaklar” kitobi.
5.
Bu kitobga qanday ertaklarni kiritganlar? –
200 dan ortiqroq ertak jamlangan bo‘lib, unda
mualliflar afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirganlar.
6.
Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari kimlar? –
Grimmlar ertaklarining asosiy
qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-
qizlari, cho‘pon yoki askarlar bo‘ldi.
7.
Grimmlarning qaysi ertaklari qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan va
eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining
halol mehnati,
yoqimli so‘z va odoblari bilan baxtiyor bo‘ladilar? –
“Zolushka”, “Qor qiz” ertaklari.
8.
Qaysi ertaklar o‘zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan? –
“Botir tikuvchi”,
“Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklar.
“Botir tikuvchi” ertagi
1.
Ertakning bosh qahramoni kim? –
Gans ismli tikuvchi.
2.
Gans qay holda “botir”ga aylanadi? –
7 ta pashshani o‘ldirgan holda.
3.
Gans bu botirligini nimaga yozib qo‘yadi? –
Kamariga.
4.
Qanday so‘zlar bilan? -
«Chiqqanda jahlim yomon, yettisin etgum gumdon!».
5.
Gans kimlarni aqli bilan yengadi? –
Bahaybat odamni va qirolni.
6.
Qirol Gansga nimalarni gumdon qilishni buyuradi? –
Do'stlaringiz bilan baham: