XIII. Olti metrlik zarba
6 metrlik zarba maydondagi 6 metrlik nuqtadan
bajariladi. 6 metrlik zarbani bajarish paytida himoyalanuvchi
jamoa darvozaboni va zarba beruvchi o‘yinchidan tashqari
barcha o‘yinchilar 6 metrlik nuqtadan 5 metr uzoqlikda
turadilar. To‘p o‘yinga kiritilmaguncha darvozabon ustunlar
orasidagi darvoza chizig‘ida turadi va old, yon tomonlarga
qadam tashlamaydi. 6 metrlik to‘pga zarba beruvchi o‘yinchi
darvozaga tomon to‘pga zarba beradi. Shundan so‘ng u to‘pga
boshqa o‘yinchilar tegmagunga qadar tega olmaydi. To‘p o‘z
aylanasini bosib o‘tgach o‘yinga kiritilgan hisoblanadi.
6 metrdan darvozaga kiritilgan to‘p o‘z - o‘zidan hisobga
olinadi. O‘yin vaqtida yoki birinchi, ikkinchi qismdan so‘ng
6 metrlik zarba belgilanganda zarbadan so‘ng to‘p ustun yoki
to‘singa tegib darvozaga kirsa, boshqa hech bir qoida buzilishi
bo‘lmasa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |