Organik uglerodli kaustobiolitlar.
Organik uglerodli kaustobiolitlarga torf,
sapropel, yonuvchi slanetslar va ko‘mir kiradi.
Torf botqoqliklarda hosil bo‘ladi. Botqoqlik o‘simliklari (mox, o‘tlar) qurib,
botqoqlikning kislorodsiz tubiga cho‘kadi va bakteriyalar yordamida parchalanadi.
Uglevodorodli kaustobiolitlar.
Neft tarkibida uglerod (83-87%), vodorod
(12-14%) va kislorod (1,5% gacha) bo‘lib, ularning miqdori kam o‘zgaradi.
Ko‘mir qatoridagi kaustobiolitlarda esa komponentlarning miqdor o‘zgarishi
sezilarli darajada bo‘ladi.
Neft to‘planishining geologik sharoitlari turli-tumandir. U qumlar,
qumtoshlar, alevrolitlar, ohaktoshlar va boshqa g‘ovakli hamda darzlashgan
jinslardagi bo‘shliqlarda to‘planadi (35, 36-rasmlar). Odatda bu jinslar dengiz,
laguna-qo‘ltiq va delta yotqiziqlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |