Punktuatsiya


"HOZIRGI O'ZBEK TILI" FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

1. "HOZIRGI O'ZBEK TILI" FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING
UMUMIY TAVSIFI 
 
1.1. "HOZIRGI O'ZBEK TILI" FANIDAN KURS ISHI MAVZUSINING
BELGILANISHI 
"Hozirgi o‘zbek tili" fanidan kurs ishlari mavzulari mutaxassislik kafedralarida O’zR DTS va 
fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida belgilanadi va avval kafedrada, so‘ngra 
fakultet ilmiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi.
Kurs ishi mavzularini belgilashda talabalarning fanga oid bilim va ko‘nikmalari, 
qiziqishlarini e'tiborga olinish maqsadga muvofiq.
Kurs ishi mavzulari talaba tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Mavzuni tanlashda 
quyidagi masalalarga e'tibor qaratish lozim bo‘ladi: 
1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi, tilshunoslikda mavzuning qay darajada tadqiq 
etilganligi, mavzuga oid ilmiy manbalarning yetarli ekanligi. 
2. Talabaning kurs ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy tasavvuri, nazariy bilimining mavjudligi. 
3. Talabaning kurs ishi mavzusini yorita olish imkoniyati, bilimi, qobiliyati yetarli ekanligi. 
Mavzu yuzasidan zarur ilmiy manbalarni to‘liq o‘rgana olish imkoniyatining mavjudligi. 
Talaba kurs ishini o‘zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu bo‘yicha yozish huquqiga 
ham ega. Buning uchun talaba kafedraga mavzu, uning rejasi haqidagi ma'lumotni taqdim etishi 
hamda kafedra muhokamasidan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Mavzu kafedra tasdig‘idan o‘tgach, 
talaba mana shu mavzu bo‘yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Kafedra va fakultet ilmiy kengashi tasdig‘idan o‘tgan kurs ishi mavzulari talabalarga semestr 
boshidayoq taqdim etiladi. 
1.2. "HOZIRGI O'ZBEK TILI" FANIDAN KURS ISHINING MAQSADI VA
UNDA AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFALAR 
 
Muayyan mavzu bo‘yicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish, egallangan nazariy 
bilimlar asosida umumlashma xulosalar chiqarish, fikrni izchil va ifodali bayon etish ko‘nikmasini 
namoyon etish "Hozirgi o'zbek tili" fani bo‘yicha yoziladigan kurs ishining bosh maqsadi 
hisoblanadi. Shuningdek, muayyan mavzu bo‘yicha mavjud nazariy qarashlarni solishtirish, ularga 
xolisona munosabat bildirish, mavzuga oid ilmiy manbalarni sinchiklab o‘rganish va tahlil qilish 
hamda mavzu mohiyatini ochib berishda sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, 
zidlash, umumlashtirish, komponent tahlil qilish kabi qator usullarini qo‘llash "Hozirgi o'zbek tili" 
fanidan yoziladigan kurs ishlarining muhim jihati hisoblanadi. 
"Hozirgi o'zbek tili" fani yuzasidan belgilangan kurs ishlarini yozish va ochiq himoya 
qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: 
− kurs ishi mavzusining dolzarbligi, tadqiq darajasini o'rganish va unga munosabat bildira 
olish; 
− kurs ishining maqsad va vazifalarini, tadqiq usulini to'g'ri belgilash; 


139 
− kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalarni tahlil qilish va unga munosabat bildira olish;
− kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish; 
− kurs ishi mavzusini yoritishda til hodisalarini o'zaro aloqa-bog'lanishda o'rganishga 
erishish, o'xshash til hodisalarini o'zaro farqlay olish; ularning struktur jihatlarini chuqur anglab 
olish; 
− kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid daliliy misollarni tanlay olish va ularni to'g'ri 
tahlil etish asosida ma'lum nazariy xulosalar chiqara bilish; 
− kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lay bilish; 
− kurs ishi mavzusi yuzasidan umumlashma xulosalar chiqara olish; 
− kurs ishi mavzusini ochiq himoya qila bilish. 
"Hozirgi o'zbek tili"dan kurs ishlarini yozishda ilmiy-nazariy tafakkurni shakllantirishga 
yo'naltirilgan metodlar tizimidan, shu jumladan, sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, 
qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, komponent tahlil usullaridan o'rinli foydalanish talab etiladi.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish