Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanishi
1. Vergul
1. Gapda bog‘lovchisiz, tenglanish intonatsiyasi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Kitob, qalam, daftarbo‘lsin yo‘ldoshing. (Habibiy) Bir kuni avliyoning huzuriga baland bo‘yli, uzun sochlari yelkasiga tushgan, yalangoyoq bir odam kirib keladi. (LSulton) Stolga ikkita muzqaymoq, bir shisha limonad, ikkita bo‘sh stakan qo‘yildi. (Sh.Boshbekov)
2. Zidlovchi teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan gaplarda mazkur bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi: Dadam sekin, ammo tahdidli ohangda dedi. (0 ‘.Hoshimov) Oqto‘sh Xo‘jayinning rahmi kelayotganini, lekin ilojsiz ekanini tushundi. (B.Murod Ali) Mingboshi bu birgina, lekin kutilmagan so‘zga biroz hayron bo‘ldi. (Cho‘lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |