Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta`kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro`li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo`lishi lozim. So`mni barqarorligini ta`minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog`liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro`-e`tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog`liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to`plagan salohiyatimiz hozir o`z oldimizga ana shunday vazifani qo`yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko`rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?:
Birinchi navbatda so`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste`mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, axolini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi.
Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko`paytirish choralarini ko`rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko`paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o`zimizga bog`liq bo`lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak.
Uchinchidan, yoqilg`i-energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim.
To`rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O`zbekistonning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag`larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag`larini jalb etish bo`yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko`rib chiqishimiz zarur...
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim.
Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog`liqdir”.
Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi.
Shunga asosan uni sotib olish qobiliyati unga to`g`ri keladigan tovar va xizmatlarning miqdori bilan, pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanati bilan, davlat budjeti taqchilligining holati bilan, inflyatsiyaga karshi ko`riladigan choralarga ko`p jihatdan bog`liq.
Respublikamiz hukumati tomonidan pul barqarorligini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan pul-kredit va monetar siyosati keyingi yillarda iqtisodiyotni yanada barqarorlashuvini ta`minlashdagi o`rni quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlardan ham ko`rinadi:
Ko`rsatkichlar
|
2003 y.
|
2005 y.
|
2006 y.
|
2007 y.
|
Yalpi ichki mahsulot, mlrd so`m
|
9664,1
|
15210
|
16320
|
17870
|
O`tgan yilga nisbatan, %
|
104,2
|
107,0
|
107,3
|
109,5
|
Davlat budjeti taqchilligi, %
|
-0,4
|
Q0,1
|
Q0,5
|
Q1,1
|
Tashqi savdo balansini qoldig`i (ijobiy) mln. $.
|
760,0
|
1317,5
|
1445,0
|
2000,0
|
Inflyatsiya darajasi, %
|
3,8
|
7,8
|
6,8
|
6,8
|
Pul qadrsizlanmasligi uchun- degan edi yurtboshimiz I.A.Karimov – yana bir qoida doimo esimizda bo`lishi kerak, ya`ni har qanday maosh, nafaqa ko`payishidan oldin, bozorimizdagi mol ham shu darajada, balkim undan ham tezroq ko`payishi shart.
Bu qoidaga hammamiz rioya qilishimiz zarur. Bu umumiqtisodiyot qonuni. Mutaxassislar hisob-kitobiga qaraganda, agar qo`shimcha mahsulot bozorga yetkazilmasdan naqd pul miqdori 1 foizga ko`paysa-narxlar miqdori 1,2-1,4 foizga oshib ketadi.
Agar bu yo`lni tanlasak, O`zbekistonda nafaqat inflyatsiyaga, ya`ni narx oshishiga, balki giperinflyatsiyaga, boshqacha til bilan aytganda, oqibatda hech qanday jilovlanmaydigan ofatga, narx oshib ketishiga olib keladi. Bu esa girdobga o`xshagan dahshatli narsa-tushgandan keyin chiqib ketishning iloji yo`q, desak bo`ladi. Uning oqibati, yana takrorlayman tabiiy ofatga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |