Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari



Download 72,55 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi72,55 Kb.
#377487
Bog'liq
1 mavzu Pulning kelib chiqishi


Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari

Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi.

Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o‘rin tutadi.

Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv psixologik yondashuv ko‘plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi ob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir

Pul kelib chiqishining evolyutsion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.

Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.

Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o‘ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.

Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:

- sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;

- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;

- bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;

- bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi;

- tabiatda nisbatan kamyobligi;

- ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.



Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar – pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Download 72,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish