Pulga talab grafigi.
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:
(M/P) D =f (R, Y); Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
(M/P)D = kY - hR
Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur’atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o’zgarishi foiz stavkasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham pulga talabning ko’payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig’ining siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
1.3 Pul massasining nazariy asoslari
Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo’lgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig’indisidir. Yalpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi. Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi. Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko’paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
m=D=E*m, E=A-R bunda
m – pul multiplikatori;
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi;
R – ehtiyotlar normasi;
E – ortiqcha ehtiyotlar.
Pul tarkibiy qismlari nuqtayi nazaridan naqd pullar – metall va qog’oz pullardan iborat bo’ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizini, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mustaqil ham do’stlik davlatlarida 30– 35% ni tashkil qilgan. Monetaristik yondashuvga ko’ra Fisher tenglamasida Transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o’z ichiga oladi. Aholi o’zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo’llarida yetarlicha pulga ega bo’lishi zarur. Кorxonalarga ish haqi to’lash, material, yoqilg’i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo’ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo’lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo’lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o’zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko’proq pul talab qilinadi: narxlar o’sganda va ishlab chiqarish hajmi ko’payganda. Кishilar o’zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo’ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi. Shunday qilib, pulga bo’lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab va bitim uchun pulga bo’lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi. Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.
Agarda M-pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |