II.BOB
2.1 Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli, muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Mo ‒ naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy budjetlar mablag‘lari, budjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + banklardagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. Yalpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi. Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi. Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
m=D=E*m, E=A-R bunda
m – pul multiplikatori;
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi;
R – ehtiyotlar normasi;
E – ortiqcha ehtiyotlar.
Pul tarkibiy qismlari nuqtayi nazaridan naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30– 35% ni tashkil qilgan. Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida Transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi. Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida yetarlicha pulga ega bo‘lishi zarur. Кorxonalarga ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Кishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Кeyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to‘lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‘qotishdan qochish xohishi) motivi asosida unga bo‘lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Кeyns pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi. Кeyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.
ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi. Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish vazifasi shundan ko‘rinadiki, jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslar foyda normasi past bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga to‘xtovsiz o‘tib turadi. Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani (1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar masalan, oziq - ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi “Smit paradoksi” nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne’matlar (non, suv, sut) inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne’matning qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayriboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. U ishlab chiqarishda yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Shu yerda qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi. Кishilar tomonidan juda xilma-xil iqtisodiy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi va u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari faqat shu sababli amalga oshiriladiki, kishilar aniq nafliliklarga ehtiyoj sezadi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi? Oddiy qilib bozor tomonidan! - deb, javob berish to‘g‘ri, lekin bu juda umumiy javob. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, “faqat tovarning nafliligi,” “mehnat sarflariga” ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliliklarni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma foydalilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq foydalilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari subyektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo‘shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini bildiradi, ne’matlar zaxirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi ne’mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr - qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Ne’matning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati uning qo‘shilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne’mat birligining, qadr- qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Yangi klassiklar naflilikning pasayib borish qonunini ham aniqlaydiki, unga ko‘ra iste’mol qilingan ne’matning navbatdagi birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda). Кeyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne’matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y beradi va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda narx va talab – takliflarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |