Pul insonlarga o’zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish va jamg’arish uchun kerak. Shu sababli pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat.
Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo’lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni o’sishi bilan oshib boradi va pulning muomala vositasi vazifasini bajarishi bilan bog’liq. Nominal YaIM qancha ko’p bo’lsa, oldi – sotdi jaryoniga xizmat qilish uchun shuncha ko’p pul kerak bo’ladi.
Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, ya’ni odamlar o’zlarining moliyaviy aktivlarni aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari ko’rinishida qo’llarida tutib turadi. Jamg’arish zaruriyati ham pulga bo’lgan talabni shakllantiradi.
Pulga bo’lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo’ladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha past bo’ladi va aksincha, foiz stavkasini pasayishi bilan pulga bo’lgan talab oshadi.
Chizmadagi Dm chizig’i foiz stavkasining xar bir mumkin bo’lgan miqdorida odamlar bitimlar va jamg’armalar uchun istagan pulning umumiy miqdorini ko’rsatadi.
0 Pulga bo’lgan talab M
19-chizma. Foiz stavkasi va pulga bo’lgan talab o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
8.3. Pulga bo’lgan talabning keynscha nazariyasi Keyns iqtisodiy agentlar pulni ushlab turishlariga nima sabab bo’lishini o’rganish asosida pulga talab bildirishdagi uchta sababni, ya’ni transaktsion, ehtiyotkorlik va chayqovchilik sabablarini ajratadi.
Pulga talab bildirishning transaktsion sababi iqtisodiy agent kundalik transaktsiyalar, ya’ni bitimlarni amalga oshirish uchun qo’lida qancha pul ushlab turishni hohlashini ko’rsatadi. Pulga talab bildirish transaktsion sababining eng sodda formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
Md = kPY
Bu erda Md- pulga bo’lgan transaktsion talab, k- pulning aylanish tezligiga teskari proportsional bo’lgan kembridj koeffitsienti, P- narx darajasi, Y-daromad. Shunga muvofiq ravishda transaktsion talabning real miqdorini quyidagicha ifodalash mumkin:
Md/P= kY
Ehtiyotkorlik sababi bo’yicha pulga talab qo’zda tutilmagan holatlar uchun iqtisodiy agentlar qanday miqdordagi pullarni ushlab turishni hohlashini bildiradi.
Keltirilgan ikkisabab o’rtasidagi farq shundaki, transaktsion sabab rejalashtirilgan, ehtiyotkorlik sababi esa ko’zda tutilmagan xarajatlar bilan bog’liq.
Chayqovchilik sababi bo’yicha pulga talab turli foiz stavkalarida uy xo’jaliklari qanday miqdordagi pullarni ushlab turishini hohlashini anglatadi. Foiz stavkalari o’rtasidagi farq unchalik katta bo’lmaganda chayqovchilik sababi bo’yicha pulga talabni quyidagi chiziqli funktsiya ko’rinishida ifoda etish mumkin:
Md = Mi (imax - imin)
Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xo’jaliklariga naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan o’tkazilishini ko’zda tutadi. Shuning uchun pulni naqd olish uchun uy xo’jaliklari konvertirlash bo’yicha xarajatlarni va omonat miqdoridan olinadigan omonatga foizli daromadni yo’qotishni minimallashtirishi lozim.