Naqd pul – bu mutlaq (100% lik) likvidlikka ega bo’lgan ayirboshlash vositasidir.
Pul agregati birinchi navbatda M0 – absolyut likvidlikka ega bo’lgan muomaladagi naqd
pul massasini o’z ichiga oladi.
Pul agregati M1=M0 + banklardagi muddati ko’rsatilmagan depozit (omonat)lar va
cheklardan iborat.
M2=M1 + muddati ko’rsatilgan depozitlar, nochek jamg’armalar.
M3=M2 + yirik jamg’armalar, xususiy firma, tashkilotlarning hisob schetlardagi
omonatlar, muddati ko’rsatilgan yirik jamg’armalar. (AQShda ular 100 ming dollardan ortiq)dan
iborat, bunday mablag’larni banklarning depozit sertifikatlari tarzidagi cheklarga aylantirish
uncha qiyin emas. Lekin u ma’lum yo’qotishlarga uchraydi. Ularni pulga aylantirish uchun
ma’lum muddat kutishga to’g’ri keladi.
Eng umumiy pul agregati L = M3dan tashqari turli qimmatbaho qog’ozlarni (pulga
aylantirish qiyinroq) o’z ichiga oladi.
Umuman olganda pul agregatlari soni turli mamlakatlarda turlicha. Masalan AQShda,
Yaponiya, Italiya 4 agregat, GFRda 3, Frantsiya 10. O’zbekistonda pul massasini pul agregati
asosida tahlil etish bozor iqtisodiyotiga o’tishdan boshlandi.
Turli mamlakatlarning pul tizimi ahvoli, eng avvalo pul massasining umumiy hajmi va
uning alohida pul agregatlariga bo’linishi bilan bog’liq. Barqaror pul tizimiga ega bo’lish uchun
pul massasi Lda agregat M1 ning ulushi uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, AQShda,
Yaponiyada 90 yillarning o’rtalariga pul agregatlari ulushlari o’rtasida nisbat quyidagicha
bo’lgan:
Pul agregati M1 M2 M3 L
Ulushi (%)
AQShda
Yaponiyada
15 65 80 100
Rossiyada
50 70 80 100
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi
rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham
shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan omonat va davlat qimmatbaho
qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham
qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi.
Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot kassasiga, aholi qo’liga o’tadi.
Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan pullar
bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir.
Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga
solishdir.
Xulosa
*Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy
munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni
olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy
munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim
rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar tovarpul
mugosabatlaridir.
*Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik
yuritish bo’lib, u eng uzoq davr(hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi tovar
xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar
xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar de
ataladi.
*Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan
bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi
nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
*Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya,
me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning baho
nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishini
nazariy jihatdan asoslab berishdir.
*Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi
haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga:
ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik
yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan
fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb
ko’rsatishadi.
*Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat
o’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan
iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli
naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va
naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |