Plastik karta – Пластиковая карточка – Plastic(bank) card - pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul ko‘rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli to‘lov hujjat hisoblanadi.
Pul – Деньги – Money - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
2-Mavzu. Pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funksiyalari
Aksept – Акцепт- Acceptance – to‘lovchining to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish xususidagi roziligidir.
Akseptli to‘lov- Акцепторный платеж - Acceptor transfer - bank avval to‘lovchining mablag‘ni to‘lash haqidagi roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni amalga oshiradi.
Avuar – Авуар - Assets – turli shakldagi aktivlar bo‘lib, ularning hisobidan to‘lovlar amalga oshiriladi, qarz majburiyatlari qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |