Pul va banklar


Tijorat banklarining vazifalari va funksiyalari



Download 12,78 Mb.
bet190/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

13.4. Tijorat banklarining vazifalari va funksiyalari
Tijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Tijorat banklari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.

1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish.

2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;

3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.

4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish.

5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish.

6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib, mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarni yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘i egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.

Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo‘ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.

Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat banklarini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi.

Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o‘tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma’lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. SHuning uchun ham, Markaziy bank tijorat bank-larining faoliyati ustidan nazorat olib boradi.

Tijorat banklarining muhim funksiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shug‘ullanishi mumkin.

Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.

Aksioner tijorat banklarning yuqori organi – aksionerlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Har yili aksionerlarning yig‘ilishi nizomdagi va nizom kapitalidagi o‘zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijalarini, bank daromadlarini tasdiqlash, Bank Kengashi tarkibini saylash bankning sho‘‘ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

– passiv operatsiyalar;

– aktiv ssuda operatsiyalar;

– bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;

– bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operasiyalar va boshqalar.

Tijorat banklarni ochishga litsenziya (ruxsatnoma)ni Markaziy bank beradi. U tijorat banklar faoliyatini olib borish bo‘yicha iqtisodiy normativlar belgilab beradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi

Bu bobda biz banklarga taalluqli bo‘lgan umumiy funksiyalar to‘g‘risida gapirib o‘tmoqchimiz. Keyingi boblarda biz alohida-alohida olingan holda birinchi va ikkinchi bo‘g‘in banklarining funk-siyalari to‘g‘risida fikr yuritamiz.

SHunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, banklar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

– vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga aylan-tirish;

– kredit munosabatlarida vositachilik qilish;

– to‘lov jarayonlarida vositachilik qilish;

– muomalaga kredit vositalarini chiqarish.

Xalq xo‘jaligidagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish – banklarning ilk funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo‘ladilar, ikkinchi tomon-dan bu mablag‘lar banklarning kreditlash salohiyatini tashkil qila-di va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalari-ni olib boradi.

Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydala-nishga beriladigan bo‘lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’-lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:

– birinchidan, kreditga so‘ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo‘lgan summa o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lishi mumkin;

– ikkinchidan, ortiqcha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan korxonaning mablag‘larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‘ zarur bo‘lgan korxonani qoniqtirmasligi mumkin;

– uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvo-lini to‘liq o‘rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to‘lovga layo-qatsiz bo‘lishi kreditor korxonaning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi mumkin.

Xalq xo‘jaligidagi barcha bo‘sh mablag‘larning bank tomonidan yig‘ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobi-dan qarz oluvchi korxonaga zarur bo‘lgan summada, zarur bo‘lgan mud-datda kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank kor-xonalarning to‘lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil qilishi, ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin.

Iqtisodiyotning o‘sishi bank kreditining qo‘llanilish ko‘lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli eh-tiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo‘lgan ehtiyoj-ni qoplashga yo‘naltiriladi. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab, banklar yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag‘larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko‘lamini kengaytirdi.

To‘lovlarda vositachilik funksiyasida banklar o‘z mijozlarining topshirig‘iga asosan to‘lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag‘larni qabul qiladi, pul tushumlarining hisobi-ni olib boradi, mijozlarga pul mablag‘larini beradi.

Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xara-jatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o‘z mablag‘larini bank orqali o‘z hisobvarag‘idan boshqa korxona hisobvarag‘iga yoki boshqa mamlakat bankiga o‘tkazishi mumkin.

Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo‘sh mablag‘lar va kapital bo‘lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.


Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish