20.9-jadval
AQShto’lov balansi
Savdo balansi
Tarixiy nuqtai nazardan olib qaraganda ,tashqi savdo- xalkaro iqtisodiy munosabatlarning ilk ko’rinishi bo’lib milliy xo’jaliklarning jahon hamjamiyatiga aloqasini ifodalaydi.Xalqaro savdo orqali dunyoda mehnat taqsimotiga binoan mamlakat istiqboli belgilab beriladi.Tashqi savdo ko’rsatkichlari to’lov balansida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.Tovarlar eksporti va importi ko’rsatkichlari savdo balansining asosini tashkil etadi.182
Hisob-kitob balansi- mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlari va talablari o’rtasidagi nisbat. Odatda, hisob-kitob balansi yilning oxiriga yoki boshiga tuziladi.
Hisob-kitob balansida mazkur mamlakatning boshqa davlatga bergan kreditlari va kiritgan investitsiyalari, shunungdek, mazkur mamlakatni boshqa davlatlardan olgan kreditlari va ularning kiritgan investitsiyalari aks ettiriladi.
Hisob-kitob balansi- mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlari va talablari o’rtasidagi nisbat. Odatda, hisob-kitob balansi yilning oxiriga yoki boshiga tuziladi.
Hisob-kitob balansida mazkur mamlakatning boshqa davlatga bergan kreditlari va kiritgan investitsiyalari, shunungdek, mazkur mamlakatni boshqa davlatlardan olgan kreditlari va ularning kiritgan investitsiyalari aks ettiriladi.
To’lov va hisob-kitob balanslari o’rtasidagi farq ushbu mamlakatning xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanganlik darajasini anglatadi. Bu mamlakatning majburiyatlari va talablari o’rtasidagi uzilish hisobidan vujudga keladi. Bunga esa qator ijtimoiy-iqtisodiy obyektiv va subyektiv sabalar mavjud.
To’lov balansi tuzishning muhim masalalaridan biri - bu, uning sal'dosini o’lchashdir. Ushbu masala keng ko’lamdagi, ya'ni alohida xalqaro bitimlar to’g’risidagi ma'lumotlarning aniqligidan tortib jadval tuzishning tarkibiy tuzilishigacha bo’lgan savollarni qamrab oladi hamda to’lov balansi nazariyasi va amaliyotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
To’lov balansining kamomadi yoki aktiv sal'dosining qabul qilingan aniqlash uslubi - bu, to’lov balansini asosiy va balanslovchi moddalarga bo’lishdir. Asosiy moddalarning sal'dosini "to’lov balansining sal'dosi" deb atashadi. Ushbu miqdorning ijobiy yoki salbiy bo’lishiga qarab esa uni to’lov balansining aktivi yoki kamomadi deb atashadi.
To’lov balansining sal'dosi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Uning miqdori yalpi ichki mahsulot va milliy daromad hisob-kitobiga kiritiladi, valyutaning holatiga, ichki hamda tashqi siyosatni olib borish vositalarining tanloviga ta'sir etadi. Bundan to’lov balansi sal'dosini o’lchash paytidagi eng muhim muammo sifatida moddalarni asosiy yoki balanslovchi moddalarga tasniflash muammosi maydonga chiqadi.
To’lov balansi sal'dosi tushunchasi operatsiyalar ma'lum bir to’plamining balans yakuniga aloqadordir. Ushbu tushuncha principial xarakterga egadir. To’lov balansining aktivligi yoki passivligi ko’rsatkichi doim muvozanatda bo’lgan yalpi to’lov balansining xarakteristikasi sifatida qabul qilinishi kerak emas. To’lov balansi sal'dosining ko’rsatkichi tuzilmaviy bo’lib hisoblanadi. Uning katta-kichikligi birinchi navbatda ushbu moddalar yakunini ifodalovchi moddalar tanloviga bog’liq. Bunday tanlov o’z holicha bo’lishi kerak emas. U ma'lum bir maqsadga bo’ysungan va o’zida taalluqli tahliliy yondoshuvni aks ettirmoqi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |