Pul va banklar


Talab qilib olinguncha qadar depozitlar –



Download 12,78 Mb.
bet229/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

Talab qilib olinguncha qadar depozitlar – bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir.

Ularga joriy, hisob-kitob, byudjet va hisob – kitoblarni amalga oshirishi yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq hisob-varaqalardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob kitoblar uchun mo‘jallangan. Bu hisobvaraqdagi mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtai nazaridan qaraganda joriy va byudjet hisobvaraqlari, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlar, maxsus hisobvaraqlar banklar uchun foydaliroq hisoblanadi. Chunki bu mablag‘lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit turining asosiy kamchiligi – ular bo‘yicha juda kam miqdorda foizlarning to‘lanishi yoki umuman to‘lanmasligidir. Bundan tashqari joriy va byudjet hisobvaraqa egalari o‘zlarining statuslaridan kelib chiqib kredit olmaydilar, bu esa banklarga mablag‘larni o‘z rejalari asosida ishlatishga imkon beradi.

Talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlarga banklarning korrespondent banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag‘larini ham kiritish mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to‘lovlarni bir tomonlama tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag‘i «Nostro» scheti, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‘i «Loro» scheti deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqalardan to‘lovlar, qoidaga ko‘ra, ulardagi mablag‘lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo‘yicha mavjud mablag‘lardan ko‘proq operatsiyalar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag‘idan overdraft krediti berilishi mumkin.

Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarga kontokorrent hisobvarag‘i mablag‘larini ham kiritish mumkin mumkin.

Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan tashqari nau-hisobvaraqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi.

Talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:



  1. depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‘ni qo‘yish yoki olishi mumkin;

  2. depozit muddati chegaralanmagan;

  3. kam miqdorda foiz to‘lanadi;

  4. bu turdagi depozitlar bo‘yicha Markaziy bankga o‘tkaziladigan majburiy rezervlar salmog‘i yuqori va h.k.

Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng arzon manbaidir. Mablag‘larning yuqori harakatchanligi tufayli talab qiluvchi hisobvaraqalardagi qoldiq doimiy emas, ba’zida juda o‘zgaruvchan. Hisobvarag‘i egasi istagan paytda mablag‘larni olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid aktivlarning hissasi ko‘proq bo‘lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlika ega bo‘lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlarning hissasining qisqarishi evaziga yuz beradi. Shu sababli banklar talab qilgungacha hisobvarag‘i egalariga past foiz to‘laydilar yoki umuman to‘lamaydilar. Biroq, talab qilguncha hisobvaraqalardagi mablag‘larning yuqori darajadagi harakatchanligiga qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‘ini aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‘lmog‘i lozim.

Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddatda o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi.

Muddatli qo‘yilmalar mablag‘larni shartnoma bo‘yicha muddat va shartlarda to‘liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi bilan muddatli qo‘yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Muddatli qo‘yilma bo‘yicha to‘lanadigan foiz hajmi depozit muddati, summasi va shartnomani pul qo‘yuvchi tomonidan bajarilishiga bog‘liqdir. O‘o‘yilmaning muddati va summasi qanchalik katta bo‘lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek amaliyotda asosan 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada uzoqroq muddatga qo‘yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegaralar pul qo‘yuvchilarni o‘zlarining mablag‘larini ratsional tashkil qilish va qo‘yilmalar qo‘yishga rag‘batlantiradi, shuningdek banklarga o‘zlarining likvidliklarini boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilma bo‘yicha mablag‘larni muddatidan oldin olinganda u shartnomada ko‘rsatilgan foizlardan to‘liq yoki qisman mahrum bo‘lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab qilgungacha qo‘yilmalarga to‘lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi.

Muddatli depozitlar depozitlarning boshqa turlariga nisbatan bankka barqaror resurs bazasini ta’minlaydi. Shu bois tijorat banklari muddatli depozitlar salmog‘ini ko‘paytirishga harakat qilishlari lozim.

Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:


  1. aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siyosatida ko‘rsatilgan) foiz to‘lanadi;

  2. joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi;

  3. mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin;

  4. mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘naltiriladi;

  5. majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‘lishi mumkin va h.k.

Jamg‘arma depozitlari aholi pul jamg‘armalarining to‘planishi uchun xizmat qiladi. Jamg‘arma depozitlarga pul mablag‘larini jamg‘arish yoki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo‘yilmalar kiradi. Ularning maxsus xususiyatli tomonlari – saqlashning rag‘batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma’lum davr ichida jamg‘arila borishi kabilar hisoblanadi.

Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi, kreditlar berish salohiyati to‘lovlar amalga oshiriladi, banklarning daromadlari vujudga keltiriladi.





Tijorat banklarining aktiv opersiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi.

Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:

-ssuda operatsiyalari (kreditlash);

-hisob – kitob operatsiyalari;

-kassa operatsiyalari;

-investitsiya va fond operatsiyalari;

-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.

Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik sub’ektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.

Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‘tkazadi, shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini debetlash orqali amalga oshiriladi.

Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.

F ond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.

Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

B anklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin.

Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma’lum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.

YUqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin.

1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.

2.Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar.

3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay ko‘rinishida xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltirilgan resurslari.

4.Bankning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.

Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.




Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish