Milliy pul tizimi elementlarining shakllanishi
2.
o
B
zor qitisodiyoti sharoitida mamlakat pul tizimi elementlari muhim ahamiyat kasb etadi, pul tizimi elementlarining to‘liq amal qilishi va barqarorligi milliy iqtisodiyotining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston pul tizimining elementlari mamlakatimiz 1991 yilda mustaqillikka erishgandan boshlab tashkil topa boshladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi.
– pul birligi «so‘m» bo‘lib, 1 so‘m 100 tiyindan iborat;
– baho masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif asosida belgilanadi;
– muomalada qog‘oz va tanga pullar to‘lov vositasini bajaradi. Qog‘oz pullar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 so‘m qiymatdagi banknotlardan, tanga pullar 1, 3, 10, 50 tiyin, 10, 25, 50 va 100 so‘mdan iborat;
– banknot va tangalarni emissiya qilish va muomaladan qaytarib olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo‘lib, muomaladagi barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi;
– Markaziy bank pul – kredit siyosati instrumentlari asosida mamlakatda pul muomalasini tartibga soladi;
– mamlakatda pul aylanmasi va naqd pulsiz hisob – kitob shaklidan iborat bo‘lib, pul aylanishi tarkibida asosiy ulush naqd pulsiz hisob – kitoblar hissasiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank pul muomalasi aylanmasini tashkil etadi va hisob – kitoblarning shakllarini belgilaydi.
Pul tizimi valyuta tizimiga qaraganda keng tushuncha. Biroq, pul tizimining ayrim elementlari valyuta tizimining elementlari bo‘lishi ham mumkin. Masalan, milliy valyuta. Har qanday mamlakatning milliy puli o‘sha mamlakat uchun milliy valyuta hisoblanadi. Demak, milliy valyuta pul tizimi uchun ham, valyuta tizimi uchun ham element hisoblanadi. Ammo pul tizimining shunday elementlari mavjudki, ular, fikrimizcha, valyuta tizimi uchun element bo‘lib hisoblanmaydi. Ana shunday elementlar sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
– pul aylanmasi tarkibi;
– pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish;
– pul massasi va tarkibi;
– pul tizimini tashkil qilish prinsiplari.
O‘z navbatida, valyuta tizimining ayrim elementlari ham pul tizimi uchun element bo‘lib hisoblanmaydi. Ana shunday elementlardan biri –milliy valyuta bozorining rejimi hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozori ikki qismdan, ya’ni Respublika valyuta birjasi va birjadan tashqari bozordan iborat. Valyuta bozorida AQSH dollari va evro bitim valyutasi hisoblanadi, so‘m esa, baholovchi valyuta vazifasini bajaradi.
SHuningdek, valyuta tizimining elementi bo‘lgan xalqaro hisob-kitob shakllaridan foydalanish tartibini belgilash ham pul tizimining elementi hisoblanmaydi. Buning sababi shundaki, xalqaro hisob-kitob shakllari xorijiy valyutadagi to‘lovlarni xorijlik hamkorlarga to‘lab berish maqsadida qo‘llaniladi va milliy valyutadagi to‘lovlarga bevosita bog‘liq emas.
Milliy valyuta tizimining elementlaridan yana biri – bu mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligi hisoblanadi.
Xalqaro valyuta fondining metodikasi bo‘yicha, har bir mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligini aniqlash uchun oltin – valyuta zaxiralari bir yillik tovar importi summasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Agar ushbu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etsa va undan yuqori bo‘lsa, u holda, ushbu mamlakat xalqaro valyutaviy likvidli hisoblanadi.
Oltin-valyuta zaxiralarining harakati muomaladagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo pul tizimi uchun element darajasiga ko‘tarila olmaydi. CHunki, oltin – valyuta zaxiralarining harakati bevosita xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Mamlakatning rezidentlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda xorijiy valyutalardan foydalanish, odatda, taqiqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasiga ko‘ra, rezidentlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda xorijiy valyutalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish man etiladi.
SHuningdek, 1976-1978 yillarda YAmaykada bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi jahon valyuta tizimining talabiga ko‘ra, oltindan davlatlararo munosabatlarda to‘lov vositasi sifatida foydalanish taqiqlangan.
Xulosa qilib aytganda, pul tizimining mohiyati xususidagi metodologik yondashuvlarni qiyosiy va tanqidiy asosda tadqiq qilish pul tizimining mohiyatini to‘laqonli anglash imkonini beradi.
3. Milliy valyuta sumning muomalaga kiritilishi.
T
ashqi savdoning erkinlashtirilishi jarayonida eksport qilinishi uchun litsenziya talab etiladigan tovarlar soni 1991 yildagi 176 tadan 1993 yilda shuning yarmidan ortiqroq kamaydi. Bu tadbir hukumat qabul qilgan boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, 1993 yilda tashqi savdo aylanishi hajmlarining 1992 yildagiga nisbatan ko’payishiga olib keldi, ammo valyuta bozorini zarur darajada kengaytirish uchun savdo ko’lamlarini yanada oshirish vazifasi turar edi.
Ushbu 1991-1993 yillardagi yangi sharoitda iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun samarali fiskal va monetar siyosatni ishlab chiqish, yuritish va uni amalga oshirish, bozor infrastrukturasi to’plamini shakllantirish va ayniqsa, milliy valyutani muomalaga kiritish muqobili bo’lmagan zaruratga aylangan edi.
Oraliq valyuta so’m-kuponning muomalada bo’lishi. Respublikada ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa pul daromadlarini aholiga o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, respublikaning ichki iste’mol bozorini muhofaza qilish, shuningdek, milliy valyutani joriy etish borasida dastlabki bosqichni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi 550-sonli qaroriga muvofiq, 1993 yilning 15 noyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasining hududida 1961-1992 yillarda chiqarilgan nusxadagi rubl bilan baravar to’lov vositasi sifatida «so’m-kuponlar» muomalaga kiritildi.
«So’m-kupon»lar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 «so’m» qiymati bilan 1961-1992 yillar nusxasidagi 1 rublga 1 «so’m-kupon» nisbatida va Rossiya Bankining 1993 yil nusxasidagi qog’oz pullariga ham xuddi shunday nisbatda muomalaga chiqarildi.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki 1993 yil 15 noyabrdan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to’lovlarni berishda rubllar bilan bir vaqtda va o’z muddatida belgilangan nisbatlarda «so’mkupon»lar berilishini ta’minlab bordi, 1993 yil dekabr oyi uchun pensiya va stipendiyalar to’liq «so’m-kupon»lar bilan to’lab berildi.
Shu bilan birga, 1993 yilning 15 noyabridan boshlab 1961-1992 yillardagi namunalar bo’yicha chiqarilgan nakd rubl pullarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish taqiqlandi. 1993 yilning 22 noyabridan O’zbekiston Respublikasining hududida kuponli varaqchalar (bir marotabali kuponlar)ning amalda bo’lishi bekor qilindi.
Ma’lumki, bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki iste’mol bozorini himoya qilish va tovarlarni faqat respublika fuqarolariga sotish uchun sharoit yaratish maqsadida Hukumatimizning 1992 yil 2 yanvardagi «1992 yilda O’zbekiston Respublikasining iste’mol bozorini himoya qilish to’g’risida»gi 1-sonli qaroriga muvofiq, 1992 yil 10 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasining butun hududida aholiga so’mlarda (rubllarda) haq to’lash bilan birga kuponlar bo’yicha tovarlar sotish joriy qilingan edi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan idoralar va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga 1992 yilning 4 yanvarigacha banklarning tegishli muassasalariga, 1991 yilning dekabridagi ish haqi summasi hisobidai, uning 1992 yilda oshishini nazarda tutgan holda zarur miqdordagi kuponlarga talabnomalar takdim etishlari, O’zbekiston davlat bankiga esa respublikaning boshqa banklari bilan birgalikda tushgan talabnomalarga muvofiq, zarur miqdordagi kuponlar berishni ta’minlash vazifalari topshirilgan edi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, oraliq valyuta «so’m-kupon»ning muomalaga kiritilishi kuponlardan foydalanishga zarurat qoldirmadi.
«So’m-kupon»lar O’zbekiston Respublikasining hududida davlat, kooperativ hamda boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo’jaliklari va aholi tomonidan barcha turdagi to’lovlarga, shuningtsek, bank muassasalari va Aloqa vazirligi korxonalari tomonidan joriy hisobvaraqlariga, omonatlarga, akkreditivlarga qo’shish uchun va pul o’tkazish uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiyligi belgilandi.
Shuningdek, ichki bozorni himoya qilish maqsadida, qiymati 25 ming rubldan yuqori bo’lgan tovarlarning hammasi savdo tarmoqlari orqali O’zbekiston Respublikasida faqat uning fuqarolariga berilgan hisob-kitob cheklari, chek daftarchalari bo’yicha yoki omonatchilarning topshiriqlariga ko’ra pul o’tkazish yo’li bilan, pasport ko’rsatilgan va pasportga berilgan ilovada belgi mavjuts bo’lgan taqdirda sotilish tartibi joriy etildi.
Xalq xo’jaligida hisobga olish va O’zbekiston Respublikasiiing yuridik shaxslari o’rtasidagi nakd pulsiz hisob-kitoblar belgilangan tartibda rubllar hisobida yuritish tartibi vaqtinchalik saqlab qolindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi 570-sonli qaroriga muvofiq, sobiq Ittifoq Davlat banki va Rossiya Bankining 1961-1992 yillar nusxasidagi qog’oz pullari MDH ning amalda barcha mamlakatlarida muomaladan to’xtatilganligi munosabati bilan va respublikada ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda pul muomalasini mustahkamlash maqsatsitsa, 1993 yilning 1 tsekabritsan O’zbekiston Respublikasining hutsudida sobiq Ittifoq Davlat bankining 1991-1992 yillar nusxasitsagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo’lgan qog’oz pullarini to’lov vositasitsa qabul qilish to’xtatiltsi.
Bunda, qo’lnda rubldagi naqts mablag’lari bo’lgan aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida, ushbu pul mablag’lari Jamg’arma banki tomonidan to’liq qabul qilindi hamda maxsus foizsiz hisobvaraqqa cheklovlarsiz o’tkazib borildi.
1994 yil 1 yanvardan boshlab Hukumatimizning 1993 yil 30 dekabrdagi «Naqts pul muomalasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risitsa» 613-sonli qarori bilan sobiq Ittifoq Davlat bankining 1961-1992 yillar namunasitsagi barcha qiymattsagi pullari muomalatsa bo’lishi butunlay taqiqlantsi. Rossiya bankining 1993 yil namunasidagi pullariga faqat alohida tashkil etilgan savdo nuqtalarida xalq iste’mol mollarini sotishga ruxsat etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul muomalasini mustahkamlash va so’m-kuponning xarits quvvatini oshirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaytsigan chora-tatsbirlar to’g’risitsa»gi Qaroriga muvofiq, 1994 yil 15 apreldan respublika hudutsitsa Rossiya Banki banknotalaritsan to’lovlartsa foytsalanish taqiqlantsi va so’m-kupon yagona qonuniy to’lov vositasi bo’lib qoldi.
So’m-kupon muomalada bo’lgan qisqa vaqt ichitsa bor-yo’g’i etti yarim oytsa qanchalik ulkan ishlar qilinganligini aniq tasavvur qilish uchun ushbu tsavrni quyitsagi bosqichlarga ajratgan holtsa keltirib o’tish maqsadga muvofiqtsir:
1993 yil 15 noyabrdan muomalaga kiritilgan «So’mkupon»lar sobiq Ittifoq Davlat bankining qiymati 1,3,5, 10, 25,50 va 100 rubl bo’lgan 1961-1992 yillar namunalari bo’yicha chiqarilgan qog’oz pullari, sobiq Ittifoq Davlat banki va Rossiya Bankining qiymati 200, 500, 1000 rubl bo’lgan 1991-1992 yillar namunalari bo’yicha chiqarilgan qog’oz pullari, Rossiya Bankining 1993 yil namunalari bo’yicha chiqarilgan qog’oz pullartsan parallel to’lov vositasi sifatitsa foytsalaniltsi.
Rossiya bankining qiymati 5 000 va 10 000 rubl bo’lgan qog’oz pullari to’liq muomalatsan chiqarildi, ularni mayda kupyuralarga almashtirish taqiqlandi.
1993 yiliing 1 dekabridan sobiq Ittifoq Davlat banki va Rossiya Bankining qiymati 200, 500, 1000 rubl nominaltsagi 1961-1992 yillar namunalari bo’yicha chiqarilgan qog’oz pullari butunlay muomalatsan chiqarildi.
1994 yil 1 yanvardan boshlab sobiq Ittifoq Davlat bankining 1961-1992 yillar namunasidagi barcha qiymattsagi pullari muomalada bo’lishi butunlay taqiqlandi. Rossiya Bankining 1993 yil namunasidagi pullariga faqat alohida tashkil etilgan savdo nuqtalarida xalq iste’moli mollarini sotishga ruxsat etildi.
1993 yil 15 dekabrdan qiymati 50 va 100 rubl va 1994 yilning 1 yanvaridan qiymati 1, 3, 5, 10, 25 rubl bo’lgan qog’oz pullar muomaladan chiqarildi, 1993 yilning 6 dekabridan ushbu banknotlarni omonatlarga qabul qilish to’xtatildi.
4) 1994 yil 15 apreldan Rossiya Banki banknotalarining muomalada bo’lishi taqiqlanib, respublika hududida so’mkupon yagona qonuniy to’lov vositasiga aylantirildi.
Milliy valyutamiz «So’m»ning 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilib, respublika hududida yagona to’lov vositasiga aylantirilganidan keyin so’m-kuponlar 1994 yilning 1 avgustiga qadar muomalada bo’lib turdi va ushbu sanadan ularni to’lovga va omonatlarga qabul qilish to’xtatildi.
Oraliq valyuta «so’m-kupon»ning mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida muomalaga kiritilishi va sobiq davlat banki kupyuralarining muomaladan bosqichma-bosqich chiqarilishi mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridagi muhim tarixiy voqealardan biri bo’ldi. Ushbu tadbir suveren mamlakatning asosiy belgilaridan biri bo’lgan milliy valyutani joriy etish yo’lidagi o’ta jiddiy sinov, tayyorgarlik, kuch va tajriba to’plash bosqichi bo’ldi, deyish mumkii.
Shu bilan birga, ushbu vosita orqali mamlakat ichki bozori rublning stixiyali, vayron qiluvchi interventsiyasidan saqlab qolindi, makroiqtisodiy vaziyat izga tushirildi va eng muhim jihatlaridan biri, imkoniyatlar nihoyatda cheklangan bo’lishiga qaramasdan, aholini eng zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash muvaffaqiyatli bajarildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar milliy valyutamiz «So’m»ni muomalaga kiritishda mustahkam poydevor bo’lib xizmat qildi.
So’m-kuponlar muomalasini normallashtirish orqali milliy valyutamizni joriy etishga asos yaratish to’lig’icha bajarildi. So’m-kuionlar muomalaga kiritilgan paytdanoq uni chet el valyutalariga konvertatsiya qilish boshlandi va so’m-kuponlarning xarid qobiliyatini mustahkamlash yuzasidan bir qator ishlar qilindi. Xususan, pul muomalasini barqarorlashtirishga, iste’mol bozorini to’ldirishga va eksportni oshirishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi so’mning barqaror muomalada bo’lishiga zamin yaratdi.
Milliy valyuta «So’m»ning muomalaga kiritilishi. Milliy valyutamiz «So’m»ning muomalaga kiritilishi ulkan tarixiy voqelik sifatida O’zbekistonda samarali pulkredit tizimini yaratish jarayonlarining mantiqiy davomi bo’ldi. Ushbu o’ta muhim voqea mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan butun iqtisodiyotni isloh qilishning sifat jihatidan butunlay yangi bosqichini boshlab bergan ilk qadam, deb baholandi.
O’zbekiston Respublikasi hududida to’la qiymatli milliy valyuta yagona qonuniy to’lov vositasi bo’lmish «So’m»ning muomalaga kiritilishi haqiqatan ham inqilobiy qadam bo’ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganligidan darak berdi.
Milliy valyuta milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgi. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi «O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi PF-870-sonli Farmoniga muvofiq, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasyning hududida 1000 so’m-kuponga bir «so’m» nisbati bilan O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi «So’m» muomalaga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi «So’m» O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 «so’m» bo’lgan bank qog’oz pullari banknotlar va 1, 3, 5,10,20, 50 «tiyin» bo’lgan metall tangalar holida nakd pullar muomalaga chiqarildi. Keyinchalik, 1997 yildan 200 «so’m» va 2001 yildan 500 va 1000 «so’m» bo’lgan bank qog’oz pullar banknotlar muomalaga kiritildi.
Milliy valyutani joriy etish bo’yicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlanib, uning zimmasiga naqd pullarni almashtirishga hamda pul muomalasiga oid barcha tezkor va joriy masalalarni hal qilish vazifalari yuklatildi.
So’m-kuponlarni almashtirish uchun aholiga zarur shartsharoitlarni yaratib berish va milliy valyutaga ortiqcha qiyinchiliklarsiz erkin o’tilishini ta’minlash maqsadida, 1994 yilning 1 avgustiga qadar barcha turdagi to’lovlarga, shuningdek fuqarolarning omonatlariga va O’zbekiston Respublikasi doirasida pul o’tkazish uchun milliy valyuta bilan bir qatorda 1000 so’m-kuponga 1 «so’m» nisbati bilan qech qanday cheklovlarsiz so’m-kuponlarni qabul qilishga ruxsat berildi. Aholiga xizmat ko’rsatayotgan respublikaning barcha savdo tashkilotlari hamda boshqa korxonalari, tashilotlari va muassasalari zimmasiga mazkur talabning so’zsiz bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.
O’zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi tegishli vazirliklar va idoralariga ushbu tartibga rioya qilishni nazorat qilish hamda ushbu davrda so’m-kuponlarga tovarlar sotishdan va xizmat ko’rsatishdan bosh tortgan savdo va pullik xizmat ko’rsatuvchi shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi.
Mazkur qarorga asosan, O’zbekiston Respublikasining bank muassasalari tomonidan 1994 yilning 1 iyulidan boshlab so’m-kuponlarni muomalaga chiqarish to’xtatildi. Shu yilning 1 avgustidan boshlab O’zbekiston Respublikasining butun hududida to’lovlarning barcha turlari faqat milliy valyuta «So’m» bilan amalga oshirilishini e’tiborga olib, aholiga 1994 yilning 1 avgustiga qadar qolgan so’m-kuponlarni omonatlarga cheklovlarsiz qo’yish tavsiya etildi. Jamg’arma tarmog’iga ega bo’lgan «O’zjamg’armabank» va respublikaning boshqa tijorat banklari 1994 yil 1 avgustidan boshlab so’mkuponlarni omonatlarga qabul qilish to’xtatildi.
Yana bir muhim voqea, 1994 yil 28 iyundan 5 iyulgacha bo’lgan davrda 1994 yil iyun oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi, shuningdek, 1994 yil iyul oyi uchun pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar Markaziy bank, «O’zsanoatqurilishbank», «O’zdehqonchiliksanoatbank» va respublikaning boshqa banklari tomonidan ilk marta milliy valyuta so’mlarda berildi.
1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida so’m qonuniy to’lov vositasi ekanligi hamda so’mlar va tiyinlar O’zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha turdagi to’lovlarga, shuningdek banklar tomonidan oldin ochilgan omonatlarga va hisobvaraqlariga qo’shib
qo’yish uchui hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiyligi qat’iy belgilab qo’yildi.
Aholining xorijiy valyutadagi jamg’armalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida, resiublikaning vakil qilingan banklari tomonidan 1994 yilning 1 avgustidan boshlab tegishli valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali erkin muomaladagi valyutani «So’m»ga cheklovlarsiz almashtirib berish yo’lga qo’yildi.
Dastlab, valyuta almashtirish operatsiyalarini o’tkazish huquqi faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankining ixtisoslashtirilgan punktlariga berilgan bo’lsa, aholiga qulayliklar yaratish va valyutani almashtirishning doirasini kengaytirish maqsadida, 1994 yil 1 sentyabrdan bunday huquq barcha vakolatli banklarga berildi.
Ushbu qarorga muvofiq mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlari va bank muassasalari 1994 yilning 1 iyuligacha bo’lgan holatda hisobvaraqlaridagi, omonatlardagi va majburiyatlardagi mablag’larni, shuningdek ish haqi, pensiya, stipendiyalar va boshqa to’lovlarning miqdorlarini 1 so’mga 1000 so’m-kupon nisbati bilan qaytadan hisoblab chiqdilar.
«O’zjamg’armabank» va respublikaning boshqa tijorat banklari tomonidan mazkur qarorga muvofiq aholining omonatlar bo’yicha shaxsiy hisobvaraqparidagi operatsiyalar 1994 yilning 1 sentyabriga qadar faqat hisob-kitob cheklari, chek daftarchalari yoki omonatchilarning topshiriqlari bo’yicha pul o’tkazish yo’li bilan, 1994 yilning 1 sentyabridan boshlab esa omonatchilarning xohishiga ko’ra nakd pulda ham amalga oshirildi.
Milliy valyuta «So’mni» joriy etish hamda muomalada bo’lgan so’m-kuponlarni belgilangan muddatlarda yig’ishtirib olish borasidagi ishlarni tashkil etish, bajarish va nazorat qilish «Milliy valyutani joriy etish mexanizmi» to’g’risidagi hujjat asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to’lik va muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimizning mustaqil bank tizimi shakllanishidagi sifat jihatidan yangi bosqichning boshlanishi bo’ldi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |