O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“PUL VA BANKLAR”
fanidan
Mavzu: Markaziy bankning funktsiyalari
Guruh: BXA-91-2
Bajardi: Muratov. J. M
Qabul qildi: Kenjaev. M
Toshkent 2023
Reja:
Kirish
1.Markaziy bank nima? Markaziy bank faoliyatining maqsadi. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi. Markaziy bankning funktsiyalari
2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi
Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi
Xulosa
Foydalingan adabiyodlar
Foydalanilgan internet saytlari
Kirish.
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki banklar xo`jalik sub`ektlarini kredit mablag`lari bilan ta`minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Bizga ma`lumki, banklar, asosan, jamiyatdagi bo`sh pul mablag`larini jamlaydilar va bu pullarni iqtisodiyotning eng samarali sohalariga joylashtiradilar. Shunday ekan, hozirgi sharoitda banklar mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomirlari- Birinchi Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda “lokomotivi” hisoblanadi
Respublikamiz mustaqilligining e`lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug`ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog`onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy emission bank va bevosita xo`jalik subyektlariga xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to`laligicha xo`jalik hisobiga va o`z-o`zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo`ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o`z ichiga oladi.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog`I davlatning pul kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul kredit siyosati davlat iqtisodiyotini boshqarishning bir qismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog`liq chora tadbirlar yig`indisidan tashkil topadi. Pul kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida inflyatsia suratlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini yanada oshirish va iqtisodiyotni barqaror o`sishini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |