Pul to'g'risidagi nazaryalar va uning muomalasi.
Bajardi: Matyoqubov D.
Reja: Kirish. 1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati. 2. Pulnazariyasi to'g'risida umumiy tushuncha va uning yangicha talqin qilinishi. 3. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish, pul muomalasini barqarorlashtirish yo'llari. 4. O'zbekistonning pul tizimi va inflatsiya darajasi. 5. Inflatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Xulosa. Kirish Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari- tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrlardan boshlab, hukumat pul-kredit munosabatlariga katta etibor berib kelmoqda, chunki biror davlat pul sohasidagi munosabatlarni yo'lga qo'ymasdan iqtisodiyotni to'laqonli rivojlantra olmaydi. Pul sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ular to'g'risidagi nazariyalarni o'rganish, umumlashtirish va ulardan O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyotga erishishni taminlash yo'lida foydalanish zarur deb o'ylayman. - Pul kelib chiqishining evolutsion konsepsiyasiga ko‘ra, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishi ning tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy oíami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovaming ajralib chiqishini tushunish mumkin. Rivojlanishning birinchi bosqichida mis, bronze, temir ishlatilib, almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asirning oxirigacha pul tomonlar o'rtasida ,, shartnoma vositasi" deb qarab kelingan. Shunday qilib o'sha davrlarda metal pullar hukumronligi bo'lgan.
PULNING MOHIYATI
06/08/2022
- Tovarlar aylanishi, xizmatlar ko'rsatilishi va turli to'lovlar bajarilishi jarayonida naqd va naqdsiz pullar aylanishidan iborat bo'lgan pul muomalasi iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanadi. Xo'jalik turmushi, uning faolligi, iqtisodiy taraqqiyot va pirovard natijada jamiyat farovonligi barqaror va samarali pul muomalasiga bog'liqdir.
- Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham, qiymat ham iste'mol qiymatga ega: Shu ma'noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qilmaydi. Pul shunday kuchga ega bo'ladiki, u umumiy ijtimoiy qiymatga ega hamma tovarlarni xarid etish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida iste'molchilar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi. Shu sababli, tovar-pul munosabatlari paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |