Pul qiymat o`lchovi va jamg`arma vositasi
Pulning qiymat o`lchovi va jamg`arish vositasi ekanligi. Pul muomalasi, uning shu vositaga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqdik. Pulning ko`rib chiqishimiz zarur bo`lgan keyingi vositasi — qiymat o`lchovi ekanligidir. Bu pulning eng asosiy xususiyati bo`lib, tovarlar dunyosi va ularning harakatini ta`minlashda katta o`rin egallaydi. Pulning qiymat o`lchovi xususiyati, ya`ni sotuvchi va xaridor uchun tovarlar qadrini belgilovchi yagona o`lchov birligi vazifasini bajara olishi uning boshqa xususiyatlariga, vositalariga yo`l ochadi. Chunki, u qiymat o`lchovi bo`lganligi tufayli muomala vositasi bo`la oladi. Pul paydo bo`lishi bilan tovarlarning bir-biriga taqqoslanishining imkoni tug`iladi. Bunda insonning yana bir ulug` kashfiyoti bo`lgan tovarlarni bir-biriga ularning nisbiy qadrlari tufayli tenglashtirish va puldan yagona o`lchov sifatida foydalanish uchun keng yo`l ochib beriladi.
Tovarlarning nisbiy qadrliligi ayirboshlash tengligi bilan aniqlanib, bu tenglikni sotuvchi o`zi uchun foydali deb hisoblasa, xaridor ham o`zi uchun sotib olish foydali deb hal qiladi. Shundagina oldi-sotdi yuz beradi. Ayirboshlash kengayib borishi bilan tovarlarni bir-biriga bevosita taqqoslab tenglashtirish vazifasi pulga yuklanib, u yagona o`lchov vositasi bo`lib qoladi. Bu ayirbopshashni tubdan o`zgartirib, uning rivojlanishini tezlashtiradi, natijada insonning iqtisodiy istiqboliga katta yo`l ochib beradi. Lekin iqtisodiyotda va uning pul xo`jaligida ishlar yomonlashib borsa, muomala qisqarib, pul qadrsizlanib, o`rniga eskicha bevosita tovarlar almashuvi — barterning kuchayishi yuz beradi. Amaliy hayotimizda bunday misollar ko`p uchraydi, ya`ni pulni o`lchov birligi vazifasidan asta-sekin chetlashtirib, uning o`rnini eng zarur, talabi yuqori tovarlar egallagan.
Qiymat o`lchovidan kelib chiqadigan pulning keyingi xususiyati jamg`arish vositasi ekanligidir. Pul paydo bo`lishi, o`z faoliyati va ta`sirini kengaytira borishi tufayli daromadni saqlash, uning bir qismini zarur vaqtgacha jamg`arib borish imkoni tug`iladi. Shu bilan boylikning bir qismini pul sifatida jamg`arish sharoiti yaratiladi.
Masalan, biron-bir qadrli buyum, ko`proq sarmoya talab etadigan narsa sotib olish maqsadi paydo bo`lsa, albatta pulning bu xususiyati, vositachiligi qo`l keladi. Daromadning bir qismi sarf etilmay saqlanib boriladi va kerakli hajmda pul jamg`arilishi bilan katta xarid qilish imkoni tug`iladi. Uy, mashina yoki boshqa shunday katta qimmatli tovarlar sotib olish shular jumlasidandir. Hozir esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda bularning hajmi kengayib borib, ko`pchilik ro`zg`or buyumlar, ya`ni mebel, gilam, xolodilnik, televizor, magnitofon va boshqa shunga o`xshash tovarlar qo`shilmoqda.
Pulning bu sohadagi katta ustuvorligi shuki, uni istagan vaqtda va zarur mikdorda ma`qul tovarga aylantirish mumkin. Bu juda qulaydir. qadrli va qimmat buyumlar ham jamg`arma sifatida xizmat qila oladi. Ayniqsa, "o`lmas mollar" qadrlidir. Lekin bularni pulga aylantirish va ayni zarur tovar sotib olish ma`lum vaqtni talab etadi. Pul jamg`armasi esa bu ishning juda oson va tez amalga oshishini ta`minlaydi.
Pulning xususiyatlari tufayli uning bajaradigan vazifalari, muomalasini uyushtirish, pullarni ayirboshlash, saqlash, sotish, moliya va kreditni amalga oshirish kabi iqtisodiy munosabat, aloqalar yuzaga keladi. Bular keyingi mavzu va mulohazalarga yo`l ochib beradi.
Valyuta siyosati bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida muhim o’ rin egallaydi. valyuta siyosati – mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan, ya’ni iqtisodiy o’ sishining barqarorligi, inflyatsiya va ishsizlikning o’ sishini to’ xtatish, to’ lov balansi tengligini ushlab turish va boshqalarni ta’minlashga qaratilgan.
valyuta siyosatining yo’ nalishi va shakllari mamlakatning valyuta bo’ yicha iqtisodiy vaziyati, jahon xo’ jaligi evalutsiyasi, jahonda ishlab chiqarish kuchlari joylashtirilishiga ko’ ra aniqlanadi. Har xil taraqqiyot bosqichlarda birinchi o’ rinda valyuta siyosatining aniq maqsad va masalalari chiqadi. Bular:
valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash;
valyuta cheklovlari;
valyutani erkin ayirboshlashga o’ tish;
valyuta operatsiyalarining erkinligi va boshqalar.
Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi. Bu qonunchilik o’ z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi, shuningdek, valyuta muammolari bo’ yicha davlatlararo kelishuvlar (ikki tomonlama va ko’ p tomonlama) ni oladi.
valyuta siyosatini amalga oshirish yo’ nalishlaridan biri – bu valyutani tartibga solishdir. valyutani tartibga solish valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu, o’ z navbatida, milliy, davlatlararo va hududiy darajada bajarilishi mumkin.
valyuta siyosati valyuta muammolari bo’ yicha qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni o’ z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |