2.Pulning nominallik nazariyasi 2.Pulning nominallik nazariyasi Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullaming kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘Igan talab asosida o‘zgarib turadi.
01
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asming oxiri va XX asming boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 — 1926) hisoblanadi.
02
G.Knappning pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi.
03
Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullaming qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ulami muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.
04
3.Keynsning likvidlikning afzal ko‘riIishi nazariyasi 3.Keynsning likvidlikning afzal ko‘riIishi nazariyasi Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 - 1596) hisoblanadi.
D.Yum Angliyaga XVI - XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallaming kiritilishi natijasida baholami ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi.
Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776) va Dj.Mil (1773-1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 - 1755) rivojlantirdi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.KasseJ, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ulaming fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |