Pulning to`lov vositasi fuvktsiyasi. Mavjud chet el iqtisodiy adabiyotlarida va keyinchalik, Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda pulning muomala vositasi funktsiyasi uning to`lov vositasi ekanligidan dalolat beradi degan chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin, biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funktsiyasining xususiyatlari to`lov vositasi funktsiyasiga ham mos keladi deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning to`lov vositasi funktsiyasi muomala vositasi funktsiyasidan tubdan farq qilishini ko`rsatadi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqkan vaqtda tovarni sotib olish uchun ist’yemolchining yetarli naqd puli bo`lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tugiladi, ya’ni tovarning pulini to`lash muddati kechiqtiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o`lchovi funktsiyasini bajaradi., lekin u muomalada vositasi bula olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to`lov muddati kelgandan keyingina to`laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir troyektoriyada, bir vaqtning o`zida, bir-biriga karma-karshi tura olmaydi.
Tovar harak&ti amalga oshgandan ma’lum vaqt o`tgandan keyin pul harakati sodir buladi. To`lov vositasi funktsiyasining asosiy xususiyati tovar va pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va harakatda bulinishlar mavjudligidadir.
Pulning to`lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir buladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlar o`sha zaxotiyok naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning to`lov vositasi funktsiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
To`lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar ist’yemolchi ixtiyoriga kelib to`shadi va u o`z ehtiyojini kondirish uchun tovardan to`la foydalanishi mumkin.
Agar tovar uchun to`lov oldindan (avans) amalga oshiriladigan bulsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushushi mumkin. Demak, ikkala holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o`zida amalga oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T-P-T) o`ziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda mustakil buladi. Pulning bu harakati to`lov deb aytiladi va bozorda pul to`lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to`lov vositasi ktsiyasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori ;ichlari ma’suli bo`lib, u pulning qiymat o`lchovi va muomala vositasi ktsiyalaridan keyinrok yuzaga kelgan deb xulosa kilish mumkin.
To`lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi an ist’yemolchi o`rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga uxshab qisqa .datli bo`lib, tezda tugallanmaydi. To`lov vositasi funktsiyasida iste’molchi tovarga ega bo`lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o`rtasidagi munosabat o`zok vaqt davom qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati oblanadi va iste’molchi - qarzdor, sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok etadi. Ba’zi iqtisodchilarimiz vekselь asosida o`tkaziladigan jarayonlarini muomala vositasi funktsiyasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to`g`ridir. Chunki vekselь - ma’lum mablarni to`lash to`g`risidagi kredit majburiyat, qiymatga ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenta sifatida ishtirok la olmaydi. A sotuvchi bir million so`mlik tovarni B iste’molchining sseliga almashtirdi deylik. B bir mln. so`mlik tovarga ega bo`ldi. A bulsa o`z ymatiga ega bo`lmagan, sotib olish kobiliyati emitent tomonidan lgilanadigan vekselga ega buladi. Sotuvchi A. kachonki bir mln. so`mlik kselni sotsagina pul mablag`iga ega bo`lishi mumkin. Shunga asosan biz kselь jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to`liq ishonch bilan gapira olmaymiz. Bu jarayonlar ko`prok to`lov vositasi funktsiyasiga taaluklidir. Pulning to`lov vositasi funktsiyasi yana turli qarzga va majburiyatlari to`laganda:
-korxona, tashkidotlar o`rtasida tovar va xizmatlar uchun to`laganda;
-davlat byudjetiga va kredit tizimiga to`lovlarni amalga oshirganda. roydadan to`lanadigan to`lovlar, kredit bo`yicha qarzga va foizlarni to`lash va zshkalar);
ishchi xizmatchilariga ish xaqi to`lash va aholiga boshqa to`lovlarni to`lash nafaka, stipendiya va boshqalar)da;
boshqa har xil qarzga va majburiyatlarni to`lash (masalan, kreditga olingan uchun to`lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to`lovlar) da .malga oshiriladi.
Pulning to`lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu funktsiyada to`lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishimumkin. Bu xususiyati bilav ham pulning to`lov vositasi funktsiyasi muomala vositasi funktsiyasidai farq qiladi.
Pulning bu funktsiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd - pulik va na naqd-pulsiz to`lovlar birgalikda to`lov oborotining vujudga keltiradi.
Pulning to`lov vositasi funktsiyasini biz ikkinchi darajadm deb qarashimiz mumkin emas, chunki bu funktsiyaning bajarilmasdigi to`lovlariing o`z vaqtida amalga oshmasligiga, bu eyea hozirgi kunda mavjud muammolar debitor - kreditor qarzgalarning ko`payishiga, kredit bo`yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning bajarilmasligiga, xo`jalik jarayonlarining normal borishga katta ta’sir ko`rsatishi mumkin.