Muomala vositasi funktsiyasi. Muomala vositasi funktsiyasida pul yordamida tovar o`zining pul qiymatiga ayirbosh kilinadi. Bu funktsiyani bajarish uchun naqd pul bo`lishi lozim. Bu funktsiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash-barter usuliga chek kuyiladi. Tarixiy tarakkiyot ko`rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter kilishlar mehnat mahsulini ayirbosh qilishining yagona yuli bo`lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo`lganki, A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo`lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo`lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb kilgan holda ko`zlagan maqsadga erishish mumkin bo`lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natajasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifati o`z ahamiyatini yo`qotdi. Lekin, uni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo`lllanilib kelmokda.
Tovar defitsita, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barkarorlikning yo`qligi sharoitida barter bo`yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi funktsiyasida tovar qo`ldan qo`lga o`tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o`tadi. Pul va tovarning harakati (T-P-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi.
Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o`tib turishi pulning muomala vositasi funktsiyasining asosini tashkil qiladi.Shuning uchun ham bu funktsiyani bajarishda naqd pul bo`lishi, u barkaror, sifati yuqori bo`lishi kerak.
O`zbekistonda muomala vositasi funktsiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog`oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to`lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzgaga mablag`lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bog`liq. Savdo-sotiq hajmining ko`pligi va ish haqining tez-tez to`lab turilishi muomalaga ko`p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko`prok kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo`jalik, kichik korxona, fermer xo`jaliklarining ko`payishi muomala vositasiga bo`lgan talabni kamaytiradi.
Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala harajatlarining barter harajatlariga nisbatan ancha past bo`lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi funktsiyasi uning boshqa funktsiyalaridan o`zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi funktsiyasining xususiyatdari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
bu funktsiyani real, naqd pullar bajaradi;
tovar va pul bir-biriga karma karshi, bir trayektoriyaga harakat qiladi;
tovar va pul harakati bir vaqt da yuzaga keladi;
tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o`rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega buladilar;
pul muomala vositasi bo`lishi uchun avvalom bor qiymat o`lchovi bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |