Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi Reja: Pul muomalasi tushunchasi va tarkibi Naqd pullar aylanmasi va uning tarkibiy qismi



Download 131,36 Kb.
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi131,36 Kb.
#801279
  1   2   3
Bog'liq
Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi


Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi
Reja:
1. Pul muomalasi tushunchasi va tarkibi
2. Naqd pullar aylanmasi va uning tarkibiy qismi
3. . Pul massasi va pul agregatlari

Pul muomalasi tushunchasi va tarkibi

Pul tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining ham asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, uni ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar pul ishtirokida yuz berib, tovar ishlab chiqarish tsiklining ibtidosi pul bilan boshlanib, uning intiqosi ham pul bilan yakunlanadi. Yoki, iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida yuz berayotgan ob’ektiv iqtisodiy munosabatlar albatta pul ishtirokida amalga oshiriladi.


Iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar pul muomalasi deyiladi. Pul yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlarda qatnashar ekan, u doimiy harakatda bo‘ladi, yangilanib turadi va muntazam takror aylanadi. Iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda pulning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisi pul aylanmasini tashkil etadi.
Naqd pul muomalasi naqd pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, bunda iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro tovarlar va qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi, ko‘rsatilgan turli madaniy va maishiy xizmatlar, sug‘urta, kommunal to‘lovlari, naqd pulda kreditlar olish va qaytarish, lotereya biletlari harid qilish, korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga naqd pulda ish haqi to‘lash hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, naqd pul muomalasi davlat byudjetining naqd pulda shakllanadigan va taqsimlanadigan qismini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu jarayon, bir tomondan aholi va yakka tadbirkorlarning byudjet oldidagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarini, ikkinchi tomondan esa davlat byudjeti tomonidan aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarida o‘z aksini topadi.
Naqd pul aylanmasi esa naqd pullarning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, u naqd pul muomalasidagi naqd pullar harakatidan tashqari pul muomalasini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yig‘indisini ham o‘z ichiga oladi. Naqd pullarning aylanmasi va uning tarkibiy qismlarini quyidagi paragrafda batafsil ko‘rib chiqamiz.



Download 131,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish