Aktiv savdo balansi (active trade balance)- mamlakatdan chetga chikarilayotgan tovarlarning mamlakatga kirib kelayotgan tovarlardan (importdan) oshib ketishini tavsiflovchi savdo balansi.
Aktiv to’lov balansi (active payments balance)- mamlakatning chet eldan tushadigan tushumlari summasi uning xorijiy sarf-xarajatlari va to’lov summalaridan oshib ketadigan to’lov balansi.
Bazaviy stavka - (bose rate) - kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini belgilashda qo’llaniladi. Odatda, banklararo ssuda kapitallari bozorining stavkasi yoki Markaziy bankning hisob stavkasidan bazaviy stavka sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |