Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo’lgan talab va pul taklifi.
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakatidir. Pul o’z xususiyatiga ko’ra, avvalo muomala vositasidir, ya’ni tovarlarni
bir-biriga almashtirish pul vositasida amalga oshadi. Chunki, tovar egasi bo’lgan
sotuvchi xaridorga tovarni sotib, tovarning qiymatini pul sifatida oladi. Shuning
uchun talab bilan taklifni bir-biriga pul ulaydi va ularning uzilishiga barham
beruvchi bo’lib hisoblanadi.
Tovarlarning siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida
Tovarlarning siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida
amalga oshadi, deyish mumkin. Ayirboshlashning eng yuqori pog’onasi bo’lgan
muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi. Tovar-pul muomalasi esa bozor
sharoitining asosidir. Demak, bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodiyoti
rivojidagi o’rnini baholash qiyin emas.Pulning хarid qоbiliyati barqarоrligi tоvar
va хizmatlar bahоsi kеskin o`zgarishining оldini оladi. Hоzirgi davrda
O`zbеkistоnda pul muоmalasi ikki ko`rinishda yuritiladi:
1. Naqd pul muоmalasi;
2. Naqd bo`lmagan pul muоmalasi.
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat
qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar,
to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul
agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni qo’shish
yo’li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi lozim bo’lgan tovarlar
summasiga. Tovarlar qancha ko’p bo’lsa va narxi baland bo’lsa, ularni sotish va
sotib olish uchun shuncha ko’p pul birligi talab qilinadi.
Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko’p omillarga, jumladan
ular xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog’liq.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori puldan to’lov vositasi vazifasidan
foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga
muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga
sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko’paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |