Uzbekiston Respublikasi pul tizimi va
uning rivojlanish tarixi
Xar bir davlat uzining pul tizimiga ega bulganidek Uzbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-boskichi 1993 yilni 15 noyabridan “sum kupon” larni muomilaga chikarilishi xisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi boskichi 1994 yilning 1-iyulida muomilaga milliy valyuta “sum”ni chikarilishidir.
Uzbekiston Respublikasining pul tizimining elementlari.
1. Pul birligi-sum.
2. Pul birligining turlari-kogoz va metal pullar.
3. Ularni mumilaga chikarish koidalari.
4. Pul, kredit valyuta boshkaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5. Nakd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6. Milliy valyutani chetga olib chikish va chetdan olib kelish koidalari.
7. Xalkaro xisob-kitoblarni tashkil kilish asoslari.
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
Uzbekiston milliy pul tizimining asosiy elamenti bulmish sum jamiyat manfaatlariga xizmat kiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning kadrini mustaxkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bulmagan vazifa. Uzbekistonning uz iktisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga karatishi, bozor iktisodiyotiga utishda Uzbekistonning uziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barkaror bulishini takozo etadi.Zero mustakil pul tizimiga ega bulmasdan iktisodiy jixatdan mutakil davlat bulishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov-“bugungi eng muxim vazifa valyutamizni bakuvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bulishi lozim” –degan edi.
Yukoridagilardan kelib chikib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy Xalkaro operatsiyalari buyicha sumning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga zrishilganligi mamlakatimiz iktisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganli-gidan, uni jaxon iktisodiy xamjamiyatdagi integratsiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli “Banklardagi depozit xisob varakalaridan nakd pul tulovlarini uzliksiz taminlash tugrisida” gi karori asosida banklarga bulgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar-iyulь oylarida bank kassalariga tushgan urtacha oylik nakd pul tushumlari 344 mlrd. sumni tashkil etgan bulsa, maskur karor kabul kilingandan sung avgust-dekabr oylarida bu kursatkich 515 mlrd. sumni tashkil kildi yoki 49,7% ga oshdi.
Agar 1996-2002 yillar mobaynida nakd pullarning bank kassalariga kaytishi 80-93 foiz oraligida bulgan bulsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan 2005 yilda bank kassalariga tushgan nakd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |