Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarning mohiyati.
1. Kreditning mohiyati.
Kredit (lotincha - ishonish) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh
turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum
muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan ke-
lib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
2. Kreditning zaruriyati – ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulotni
ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish vaqtini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha
mos kelmasligi, sotilgan mahsulot va xizmatlar uchun pulni o’z vaqtida kelib
tushmasligi, xo’jaliklarni o’z mablag’larini yilni ayrim davrlarida yetishmasli-
gi va boshqa ayrim holatlar xo’jaliklarni kreditdan foydalanishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |