7. Banklarni to’lov qobiliyati – bankning majburiyatlarini qoplash
uchun yetarli bo’lgan yuqori likvid mablag’lar bilan ta’minlanganligidir. Bank-
larni to’lov qobiliyati bank aktivlarining sifati, shu jumladan ular tarkibida yu-
qori likvidli naqd pullarni mavjudligi bilan bog’liq.
8. Banklar to’lov qobiliyati ta’minlanganligining makro darajadagi
ahamiyati quyidagilarda ko’rinadi:
- pulga bo’lgan talabni to’liq qondirilishi;
- iqtisodiy o’sishni rag’batlantirilishi;
- milliy valyutani barqarorligini mustahkamlanishi;
- inflyatsiyaning maqbul darajadaligi;
- milliy iqtisodiyotga yo’naltirilgan kreditlar hajmini o’zgarishi;
- mamlakatda iqtisodiy o’sishning barqaror darajasi ta’minlanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |