9-mavzu: Kreditning turlari va shakllari
9.1. Kreditning shakllari va turlari
9.2. Davlat krediti.
9.3. Bank krediti
9.4. Ist’emol (ipoteka) krediti
9.5. Tijorat krediti
9.6. Xalqaro
kredit
9.1. Kreditning shakllari va turlari
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan
kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin
etiladi. Masalan, O’zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning
shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo’lsada, uning turlarini
“qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat
ekanligini ta’kidlaydilar
37
, xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar
ham kredit shakllari bo’yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois,
ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to’xtalishga qaror qildik.
Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat
turlari va shakllari o’rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda
o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin.
Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo’yicha (1), kreditni taqdim etish
muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.
Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak,
asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli
jihati material qiymatni o’zida aks ettirganligi bo’lib, amaliyotda taqdim etish
bilan bog’liq holatlarni o’zida namoyon etishi hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga
tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini
ta’kidlash mumkin.
Kreditning
tovar shakli
uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan
bog’liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan.
37
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 181 – b.
Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u
asosan buyum ko’rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini
qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko’ra,
kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga
kelgan va rivojlangan
38
.
Hattoki, o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy
kategoriyalari o’rtasidagi bir – biriga o’xshashlik va farqlar xususidagi ayrim
fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham
iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o’rtasidagi munozarali holatlardan
hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o’rtasida jiddiy farqlar
mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o’sha davrning huquqshunoslari
“ssuda” va “kredit” (qarz) o’rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga
urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit
oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni
kreditorga taqdim etishi zarur bo’ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan
bo’lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur
bo’ladi.
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o’rniga shunga o’xshash
turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan,
tovar shaklida olingan bug’doyning o’rniga shu navdagi va miqdordagi
bug’doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo’yicha
ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo’lish mumkin. Yuqorida
kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o’laroq, professor
V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikda
39
, kreditning
tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to’lovni kechiktirish,
ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu erda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning
turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o’rtasida pul
munosabatlari vujudga kelib, to’liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo’llanilgan,
keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko’rinishida qo’llanilgan.
38
Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi,
izd – vo Prospekt, 2008. –S. 517.
39
Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Shchegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005.
–S. 181.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat
taqsimotining taboro takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning
Do'stlaringiz bilan baham: |