alohida davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni
chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga
naqd pullarni emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini
ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidanmuomalaga
chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan
boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan
Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli ayrim
davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‘lov vositasi sifatida hisob –
kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og‘ir
choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul
qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi, ba’zi hollarda
o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz pullarni to‘lov vositasi sifatida
qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita ta’minlangan edi.
Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni
shu qog‘oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” tarzidagi
ma’nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy
termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini
oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni
chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan
amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda davlatning
xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‘i bilan muomalaga
chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar pullar
hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni
talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: