Pul, kredit va banklar


 Valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

 
16.2. Valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
 
 
Klassik oltin standarti  
(1815 – 1914 yy.) 
 
Jahon  tsivilizatsiyasining  asrlar  davomida  rivojlanishi,  dunyodagi  turli 
mamlakatlar ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir ko’rsatdi. Shu nuqtai 


nazardan  XIX  asrni  tom  ma’noda  g’arb  tsivilizatsiyasining  oltin  asri  yoki  klassik 
oltin  standarti  hukmronligi  asri  deyishimiz  mumkin.  Bu  davrda  muomalada  oltin 
bilan  birga  kumush  ham  to’lov  vositasini  bajargan,  lekin  mamlakatlar  o’rtasidagi 
hisob  –  kitoblar  oltinda  amalga  oshirilar  va  jahon  mamlakatlari  iqtisodiyoti  oltin 
standarti ostida birlashgan edi.  
Mamlakatda  amal  qilgan  milliy  valyutalar  (dollar,  funt,  frank  va  h.k.)  esa, 
faqatgina belgilangan oltin qiymatini o’lchov birligi bo’lib xizmat qilgan. Masalan, 
dollarning nomlanishi – 1/20 untsiya og’irlikka teng bo’lgan oltinni anglatgan, funt 
sterling nomi esa – oltinning ј untsiya og’irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, 
ayirboshlash  kurslari  davlat  ishtirokisiz  qat’iy  belgilangan  baholarda  amalga 
oshirilgan.  Mamlakat  milliy  valyutalari  o’lchov  birligiga  bog’liq  ravishda  bir  – 
biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (o’lchov birligi) doimo 16 untsiyaga, xuddi 
shunday 1 funt sterling (oltin o’lchov birligi) 4,86 dollarga teng bo’lgan.  
Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun 
jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o’tagan.  AQShning rivojlangan va 
boy  mamlakat  darajasiga  etishining  asosiy  sabablaridan  biri  sifatida,  dunyoning 
deyarli  barcha  davlatlarida  dollarning  to’lov  vositasi  sifatida  amal  qilishi  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Buni  iqtisodiyotning  rivojlanishida  mehnat  taqsimotida, 
xalqaro  kapital  oqimida,  xalqaro  ishchi  kuchi  migratsiyasida  va  boshqalarda 
ko’rishimiz mumkin.  
Shuni  qayd  etish  joizki,  oltinni  erkin  iqtisodiyotda  amal  qilishi,  barcha 
tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus tovar” sifatida tan 
olinishi  uchun  100  yillar  talab  qilindi  va  davlatning  bu  jarayonlardagi  o’rni 
unchalik  katta  emas.    Chunki,  oltinni  muomalaga  chiqishi  davlat  ixtiyori  bilan 
emas,  balki  bozor  talabidan  kelib  chiqib  belgilangan.  Xalqaro  oltin  standartining 
amal  qilishi  mamlakatda  sun’iy  inflyatsiyani  yuzaga  kelishiga  yo’l  qo’ymasligi 
bilan birga, mamlakat to’lov balansining muvozanatini ta’minlagan. 
Mamlakatda  pul  taklifini  ortishi  mahalliy  tovar  va  xizmatlar  bahosining 
ortishiga  olib  keladi.  O’z  navbatida  aholining  nominal  daromadlari  ortadi,  bu  esa 
importning  o’sishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Chunki,  import  tovarlar  bahosi  mahalliy 
tovarlarga  nisbatan  ancha  past  bo’ladi.  Natijada  mamlakatda  eksportning  hajmi 
importga  nisbatan  qisqaradi.  O’z  navbatida  mamlakat  tashqi  savdo  balansida 
taqchillikni  keltirib  chiqaradi.  Bu  esa  mamlakat  oltin  valyuta  zaxiralarini 
kamayishiga  olib  keladi.  Shu  o’rinda  aytish  joizki,  bank  depozitlarining  sun’iy 
ravishda  oshishi  va  bank  tomonidan  beriladigan  kreditlar  hajmining  ortishi  ham 
oltin    –    valyuta  zaxiralarini  kamayishiga  olib  keladi.  Chunki,  bu  holda  ham 
importerlar  yoki  bank  mijozlari  depozitlarni  oltin  miqdorida  qaytarishni  talab 
qiladilar.  Shuning  uchun  mamlakatda  pul  taklifini  kamaytirish  va  uning  tegishli 
me’yorini  saqlash  lozim  bo’ladi.  Pul  taklifining  pasayishi  tovarlar  narxini 
tushishiga  olib  keladi  va  shu  tariqa  bozorda  narxlar  muvozanati  ta’minlanadi.  Bu 
esa   eksport hajmini oshirish  ehtiyojini  tug’diradi  va  mamlakatga oltin oqimining 
ortishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  holat  o’zaro  savdo  –  iqtisodiy  munosabatda 
bo’lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi.  
O’z  davrida  davlatning  oltin  standarti  pul  tizimini  mustaqil  amal  qilishiga 
aralashuvi,  uning  samaradorligiga  salbiy  ta’sir  qilgan  va  ushbu  pul  tizimining 


mukammalligidan  qat’iy  nazar  inflyatsiya,  retsessiya  natijasida  iqtisodiy  tsiklning 
izidan  chiqish  holatlari  yuz  bergan.  Oltin  tangalarni  zarb  etish  ustidan  davlat 
nazoratini  o’rnatilishi,  qonuniy  to’lov  vositalarining  davlat  tomonidan  belgilab 
qo’yilganligi, qog’oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag’batlantirilishi kabi 
yo’nalishlar  orqali  davlat  erkin  pul  bozorini  boshqarishga  xarakat  qilgan. 
Davlatning pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu 
sohadagi o’zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.  
 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish