Pul, kredit va banklar


O’beistonda tijorat banklari kapitaliga o’rnatilgan



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

O’beistonda tijorat banklari kapitaliga o’rnatilgan  
minimal talab darajasi va dinamikasi  
 
Joriy etilgan 
sana 
Tijorat 
banklari 
uchun 
Chet el kapitali 
ishtirokida 
ochilayotgan 
banklar uchun 
Xususiy banklar 
uchun 
1.01.1998 y. 
1,5 mln. 
AQSh dol. 
ekvivalent. 
5 mln. AQSh dol. 
ekvivalent. 
0,3 mln AQSh 
dol. ekvivalent. 
1.01.2000 y. 
2,5 mln. 
5,0 mln. 
0,3 mln. 
1.01.1999 y. 
2,5 mln. 
5,0 mln. 
1,25 mln. 
1.01.2005 y. 
5,0 mln. 
5,0 mln. 
2,5 mln. 
1.01.2008 y. 
5,0 mln.Evro 
ekvivalent. 
5,0 mln.Evro 
ekvivalent. 
2,5 mln.Evro 
ekvivalent. 
1.01.2011y.- 
hozirgi 
kungacha 
10,0 mln. 
5,0 mln. 
5,0 mln. 
 
Tijorat  banklari  kapitalining  minimal  miqdoriga  qo’yilgan  talab  2007 
yil  31  dekabrgacha  AQSh  dollari  ekvivalentida  amalga  oshirilgan  bo’lsa, 
2008  yil  1  yanvardan  boshlab  evro  ekvivalentida  jamg’arilishi  joriy  etildi. 
Ta’kidlash joizki, tijorat banklari o’z faoliyatini dastlab boshlayotgan davrda 
kapitalning minimal miqdorini shakllantirilishi zarur bo’ladi. Tijorat banklari 
Markaziy  bankdan  litsenziya  olib,  faoliyatini  boshlagandan  so’ng  esa 


kapitalning  ushbu  minimal  miqdorini  doimiy  ravishda  oshirib  borishlari 
lozim  bo’ladi,  kapitalni  oshirishning  asosiy  mezoni  sifatida  ularning  riskka 
tortilgan aktivlari hisoblanadi. Hozirgi paytda ushbu daraja umumiy kapitalga 
nisbatan 0,1 koeffitsientda, asosiy kapitalga  nisbatan esa 0,05 koeffitsientda 
bo’lishi talab etiladi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  tijorat  banklari  aktsiyador  mulkchilik 
shaklida  tashkil  etiladi.  Bu  borada  1998  yil  2  oktyabrda  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  “Aktsiyadorlik  –  tijorat  banklari  faoliyatini 
takomillashtirish  chora – tadbirlari to’g’risida” Farmoni qabul qilindi. Ushbu 
farmonga  ko’ra,  tijorat  banklarini  boshqarishda  aktsiyadorlarning  va  bank 
Kengashlarining  roli  oshirildi.    Quyidagi  rasmda  tijorat  banklari  tashkiliy 
tuzilishining namunaviy ko’rinishi keltirilgan.  
  
 
 
Tijorat  banklari  faoliyati  uning  boshqaruv  organlari  tomonidan  amalga 


oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi: 
15.
 
aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi;  
16.
 
bank Kengashi (kuzatuv kengashi);  
17.
 
bank Boshqaruvi. 
Aktsiyadorlar  umumiy  yig’ilishi  bankning  oliy  boshqaruv  organi 
hisoblanadi. Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining mutloq vakolatiga kiruvchi 
masalalar  bank  Kengashi  yoki  Boshqaruviga  topshirilmaydi.  Bank 
Kengashining  miqdoriy  tarkibi  ustav  yoki  aktsiyadorlar  umumiy  yig’ilishi 
qaroriga  ko’ra  belgilanadi.  Aktsiyadorlar  soni  500  gacha  bo’lgan  ochiq 
turdagi  aktsiyadorlik  jamiyati  shaklidagi  banklarning  bank  Kengashi 
miqdoriy  tarkibi  kamida  besh  a’zodan,  501  dan  1000  gacha  bo’lgan 
banklarda kamida etti a’zodan va 1000 dan ortiq bo’lgan banklarda kamida 9 
a’zodan iborat bo’lishi lozim. 
Yopiq  turdagi  aktsiyadorlik  jamiyati  shaklidagi  banklarning  bank 
Kengashi  a’zolari  umumiy  soni  aktsiyadorlar  sonidan  qat’i  nazar  beshtadan 
kam bo’lmasligi kerak. 
O’zbekistonda  tijorat  banklarini  tashkil  etish  va  ularning  faoliyatini 
nazorat qilish  Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 sentyabrda 
tasdiqlangan  "Banklarni  ro’yxatga  olish  va  ularga  litsenziya  berish  tartibi 
to’g’risida”gi  22  –  sonli  Nizom  asosida  amalga  oshiriladi.  Mulkchilik 
shaklidan  qat’iy  nazar  mamlakatimizdagi  barcha  tijorat  banklari  mazkur 
nizomga asosan tashkil etiladi va tugatiladi. 
Markaziy  bank  tijorat  banklariga  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish 
uchun  litsenziya  berish  yuzasidan  qaror  qabul  qilishda  asosiy  omil  bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
18.
 
biznes rejaning maqbulligi;  
19.
 
kapitalning adekvatligi;  
20.
 
daromadlilikning kelgusi istiqbollari;  


21.
 
ko’zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro’ – e’tibori;  
22.
 
bankni  ochish  uchun  taqdim  etilgan  hujjatlarning  amaldagi 
qonunchilikka muvofiqligi;  
23.
 
monopoliyaga qarshi choralar. 
 Dastlab  tashkil  etilayotgan  banklarning  ustav  kapitalida  banklarning 
ishtirok  etishiga  yo’l  qo’yilmaydi,  xorijiy  kapital  ishtirokidagi  banklar  va 
shu’ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. 
Tashkil  etilayotgan  bankning  ustav  kapitalida  bir  aktsiyadorning  ulushi 
yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim. Bir 
aktsiyador  yoki  o’zaro  bog’langan  aktsiyadorlar  guruhining  tijorat  banki 
ustav kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq 
bo’lishi mumkin emas. 
Yangidan  tashkil  etilayotgan  tijorat  banklarining  muassislari  moliyaviy 
jihatdan  barqaror  bo’lishlari  lozim.  Muassislarning  moliyaviy  barqarorligi 
quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
24.
 
balansning nolikvidligi; 
25.
 
to’lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik; 
26.
 
yuridik  shaxs  rasmiy  ravishda  bankrot  deb  e’lon 
qilinishidan qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi; 
27.
 
yuridik  shaxs  taqdim  etgan  shaxs  zarur  hollarda  ustav 
kapitalini oshira olmasligini ko’rsatsa; 
28.
 
bankda  mulk  sotib  olinishi  ko’zda  tutilishi  natijasida 
bankka  yoki  uning  omonatchilariga  moliyaviy  xavf  solinishi 
mumkinligini ko’rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo’lsa. 
Tijorat  banklarini  tashkil  etishda  barcha  shaxslar  ham  ishtirok  etishi 
maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga: 
29.
 
bankrotlikka  uchragan  yuridik  shaxsning  sobiq  rahbarlari, 
boshqaruvi  va  kuzatuv  kengashi  a’zolari  yoki  yirik  ishtirokchisi  va 


yuridik  shaxsning  bankrotligi  ularning  harakatlari  oqibatida  yuzaga 
kelganligi faktlari ma’lum bo’lsa; 
30.
 
o’zining  ishbilarmonlik  va  shaxsiy  xattiharakatida  ishlarni 
noto’g’ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish 
qilgan shaxslar. 
31.
 
offshor  hududlarda  ro’yxatga  olingan  norezident  yuridik 
shaxslar; 
32.
 
davlat  hokimiyati  organlari,  mahalliy  boshqaruv  organlari, 
jamoat  birlashmalari,  jamoat  fondlari,  byudjetdan  tashqari  fondlar, 
byudjet  muassasalari  va  tashkilotlari,  agar  boshqa  holat  qonunlarda 
ko’zda tutilmagan bo’lsa. 
Yangidan  tashkil  etilayotgan  tijorat  banklari  quyidagi  ta’sis  hujjatlarini 
Markaziy bankka taqdim etishi lozim: 
a)  muassislar  tomonidan  imzolangan  va  ularning  muhrlari  bilan 
tasdiqlangan ta’sis shartnomasi;  
b)  muassis  –  aktsiyadorlar  yig’ilishi  tomonidan  tasdiqlangan  va  bank 
Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi; 
v)  ta’sis  yig’ilishining  bayoni.  Bu  hujjatda  bankni  tashkil  etish,  ustav 
kapitali  miqdori,  ustav  va  biznes  –  rejani  tasdiqlash,  bank  Kengashi,  taftish 
komissiyasi va boshqaruvini saylash to’g’risidagi qaror bo’lishi lozim. 
Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha bo’lgan davrda turli mulk 
shaklidagi  qator  banklar  tashkil  etildi,  ularning  asosiy  qismi  mamlakatimiz 
moliya 
–  kredit  bozorida  samarali  faoliyat  yuritib  kelmoqda. 
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  takomillashuvi  va  iqtisodiy 
islohotlarning  chuqurlashuvi  natijasida  ularning  ayrimlarini  maqomi 
o’zgartirildi,  ayrimlari  boshqa  banklarga  qo’shilib  yoki  umuman  faoliyatini 
to’xtatdi.  2010  yil  1  yanvar  holatiga  mamlakatimizda  jami  30  ta  tijorat 
banklari tashkil etilgan bo’lib, ularning uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy 


kapital  ishtirokidagi  qo’shma  banklar,  13  tasi  xususiy  banklar,  qolganlari 
aktsiyadorlik tijorat banklari hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy 
“qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish 
mamlakatning  tegishli  qonun  va  me’yoriy  hujjatlari  asosida  amalga 
oshiriladi.  Mamlakatimizda  bu  boradagi  jarayon  doimiy  ravishda  rivojlanib 
va takomillashib bormoqda. 
      Taniqli  iqtisodchi  olimlar,  jumladan  Laurishin  “tijorat  banki 

  bu 
tashkilot  emas  balki  korxona’’  deb  hisoblaydi.  Ularning  fikriga  ko’ra  tijorat 
banklari  ham  mahsulot  yaratadi.  Tijorat  banklari  nomoddiy  shaklga  ega 
bo’lgan  mahsulotlarni  yaratadi.  Misol:  depozit  va  kredit.  Lekin  amaliyotda 
tijorat  banklarini  kredit  muassasasi  va  kredit  tashkiloti  deb  atash  keng 
tarqalgan.  Tijorat  banklarining  yuridik  shaxs  sifatidagi  o’ziga  xos  maqomni 
quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi. 

 
Tijorat  banklari  butun  iqtisodiyotda  subektlari  hamda  aholini  kreditlaydigan 
qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz 
biror bir mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal 
qilish mumkin emas. 

 
Tijorat  banklari  aholiga  va  xo’jalik  yurituvchi  subekt,  hisob-kitob  kassa 
xizmat ko’rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi. 

 
Tijorat  banklari  faoliyati  davlat  tomonidan  qattiq  nazorat  qiladigan  moliya 
institutidir.  Davlat  odatda  tijorat  banklari  faoliyatini  Markaziy  bank  orqali 
nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar 
va omonatlar berish huquqini berilganligidir. 

 
Tijorat  banklari  shartnoma  asosida  mijozlarga  moliyaviy  xizmatlar 
ko’rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.  


      Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o’rtasidagi kelishuvga 
asoslandi.  Hech  qaysi  davlat  organi  bank  xizmatlari  bahosini  shakllanish 
jarayonida aralashishiga haqqi yo’q. 

 
Tijorat  banklari  mijozlarning  bankka  jalb  etilgan  mablag’larini  sir  tutishi  ni 
kafoltlaydigan  moliya  institute  hisoblanadi.  Bu  kafolatlar  bank  siri 
to’g’risidagi qonunda o’z ifodasini topadi. 

 
Tijorat  banklari  ishlab  chiqarish,  sug’urta  va  savdo  faoliyati  bilan 
shug’ullanish man etilgan instituti. 
 
Tijorat banklari boshqaruv organlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi. 
A.
 
Aksiyadorlarning  umumiy  yig’lishi 

  bu  organ  tijorat  banklarini 
boshqaruvchi  eng  yuqori  organ  hisoblanadi.  Aksiyadorlarning  umumiy 
yig’lishi  bankning  ustav  kapitalini  ko’paytirish,  bank  kengashi  va  boshqa 
a’zolarini  ta’yinlash  kabi  muhim  vazifalarnihal  qilish  vakolatiga  ega. 
Aksiyadorlarga dividend to’lash ham muhim masalalardan hasoblanadi. 
B.
 
Bank  kengashi  bank  aksiyadorlari  tarkibidan  tashkil  topadi.  Kengash 
bankning  kredit  siyosati  varivojlantirish  strategiyasini  tastiqlaydi.  Bank 
kengashi  a’zolari  sonini  har  bir  mamlakat  qonunchiligiga  asoslanadi.  Misol: 
O’zbekiston Respublikasi bank kengashi a’zolari soni aksiyadorlari 500gacha 
bo’lgan banklarda  kamida 5ta, aksiyadorlari soni 501-1000ta gacha bo’lagan 
banklarda  7ta,  aksiyadorlar  soni  1000tadan  ortiq  bo’lsa  10  kishidan  iborat 
bo’lishi kerak. 
C.
 
Bank  organi   

    xorijiy  banklarda  bank  boshqaruvi  direktorlar  kengashi 
deyiladi.  Bank  boshqaruvi  bankning  asosiy  bo’linmalarida  rahbarlaridan 
tashkil topadi. 

 
Buxg’altir 

 
Kredit deposit 

 
Valyuta va pul muomalasi direktorlari kiradi. 


Bank boshqaruvi  banklarning joriy faoliyatini amalga oshiradi. 
D.
 
Taftish  komissiyasi 

    bu  komissiya  bankda  doimiy  faoliyat  yuritadi  va 
asosan bank xarajatlarni nazorat qiladi. 
         Tijorat  banklarida  turli  xil  qo’mitalar  ham  tashkil  qilinib  ularni 
boshqarish organi sifatida e’tirof etish mumkin. 
  Misol:  O’zbekiston  Respublikasi  2010-yil  26-noyabrda  1438  qaroriga 
muvoffiq tijorat banklarida bank aktivlari sifatini  nazorat qiluvchi qo’mitalar  
tashkil qilingan. 
Tijorat  banklarning  barqarorligi  deganda  uni  iqtisodiy-siyosiy  risklardan 
ishonchli  himoya  qilish  imkonini  beradigan  darajada  likvidli  va  to’lovga 
qobil bo’lishi  tushuniladi.  
 
 
 
 



Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish