Pul, kredit va banklar


oltin  tanga,  oltin  quyma  va  oltin  deviz



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

oltin  tanga,  oltin  quyma  va  oltin  deviz 
standartini
 o‘z ichiga olar edi.  
Oltin  tanga  standarti 
tovarlarning  bahosi  oltinda  ifodalanadi,  mamlakat 
bozorlarida  oltin  to‘lov  vositasini  bajaradi  va  erkin  ravishda  zarb  etiladi.  Oltin 
pulning  barcha  funktsiyalarini  bajaradi.  Oltin  tanga  standarti  sharoitida  pul  tizimi 
talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar 
“avtomatik  ravishda”  jamg‘armaga  yo‘naltirildi,  muomalada  qo‘shimcha  to‘lov 
vositasiga  ehtiyoj  tug‘ilganda  ular  jamg‘armadan  muomalaga  qaytariladi.  Oltin 
tanga  standarti  sharoitida  mamlakatda  pul  tizimini  tashkil  etish  silliq  va  samarali 
tarzda  amalga  oshirildi,  biroq  kishilarning  tovar  moddiy  qiymatlarga  bo‘lgan 
talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada 
ortib  bordi,  shuningdek,  oltin  tanga  standarti  sharoitida  Markaziy  banklarda 
ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi.  
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: 
 – oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; 
 – o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan  pullarni maydalash; 
 – oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi; 
 – oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi. 
Birinchi  jahon  urushi  juda  katta  miqdordagi  moliyaviy  xarajatlarni  vujudga 
kelishiga  sabab  bo‘ldi,  buning  natijasida  hukumat  byudjet  taqchilligini  qoplash 
maqsadida  muomalaga  qog‘oz  pullarni  emissiya  qildi.  Bu  o‘z  navbatida  birinchi 
jahon  urushida  ishtirok  etgan  barcha  mamlakatlarda  (AQShdan  tashqari)  oltinni 
qog‘oz  pullarga  almashtirish  va  xorijga  olib  chiqib  ketish  qonunan  ta’qiqilab 
qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga 
qaytish  imkoniyatini  qila  olmadi.  1920  yillarda  qator  mamlakatlarda 
oltin  quyma
 
standarti joriy etildi.  


Oltin  quyma  standarti 
sharoitida  banknotalar  davlat  tomonidan  o‘rnatilgan 
summada  oltin  quymalarga  ayirboshlanadi,  oltin  quyma  standarti  sharoitida 
muomalada  oltin  tangalarning  to‘lov  vositasi  sifatida  harakati  va  erkin  zarb 
qilinishi amal qilmaydi.  
Oltin  quyma  standartlari  asosan  oltin  zaxiralariga  boy  bo‘lgan  AQSh, 
Angliya,  Frantsiya  va    Yaponiyada  hukm  surdi.  Unga  ko‘ra  muomalaga  oltin 
tangalarning  erkin  zarb  qilinishi  barham  topib,  pullarni  oltinga  almashtirish 
quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada 
bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 
funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 
ming franka baholanar edi. 
Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, 
Germaniya, Daniya,  Norvegiya  va  boshqalar) 
oltin  deviz  standarti
  amal  qilar  edi. 
Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni 
oltinga  erkin  almashadigan  chet  el  valyutalariga  ayirboshlanishi  joriy  etildi. 
Buning  natijasida  bir  mamlakatning  ikkinchi  mamlakatga  valyutaviy  bog‘liqligi 
vujudga keldi. 
1929  –  1933  yillarda  yuz  bergan  butunjahon  iqtisodiy  inqirozi  natijasida 
oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSh 
dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro 
va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. 
Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:  
 –  oltinning  umumekvivalent  sifatida  muomaladagi  harakati  to‘xtatildi, 
bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va 
tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi; 
 – banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul 
belgilari chiqarildi; 
 –  pul  oborotining  asosiy  ulushini  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  egallay 
boshladi; 
 –  davlat  tomonidan  pul  muomalasini  tartibga  solish  kuchaytirildi, 
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish